Bu maъlumotni vazir Qo‘ng‘irotbay Sharipov zhurnalistlarga bergan intervьyusi vaqtida aytib o‘tdi.
O‘zbekistonda qancha xorizhlik o‘qituvchi bor? Qachon O‘zbekiston talabalari boshqa xorizhiy davlatlarning talabalariga o‘xshab HEMIS tizimidan o‘zi xohlagan o‘qituvchi va fanlarini tanlay olish imkoniga ega bo‘lishadi?
Uzdiplomat.uz muxbiri shu kabi savollar bilan Oliy taъlim vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yuzlandi.
Sobiq vazir Toshqulov HEMIS tizimini o‘zbekchalashtirdik degan edi. O‘zbekiston talabalari qachon boshqa talabalar qatori o‘qituvchilarni va boshqa fanlarni tanlay oladi?
Vazirning aytishicha, HEMIS tizimining ishlash zharaёni hali oxirgacha etmagan. Oliy taъlim tizimida barcha narsani raqamlashtirish kerak va buning birinchi bosqichi HEMIS bo‘ldi.
«HEMIS tizimini o‘zbekchalashtirdik degani balki shu maъnoda aytilgan bo‘lishi mumkin. Buni chet ellik va o‘zimizning mutaxassislar bilan birgalikda ishlangan. Buni alohida loyiha ishlagan. HEMIS hali ishlash zharaёni oxirgacha etmagan. Bu bizni aybimiz demaymiz. Bu doim zharaёnda. Bizni oldimizda turgan masala oliy taъlimni raqamlashtirishimiz kerak. Barcha xizmatlarni raqamlashtirishimiz kerak. Buning birinchi bosqichi HEMIS bo‘lgan. Krediti uchun birinchidan, ёshlarimizni talabalarimizni bilimini baholab borish uchun, HEMIS tizimida ularga qo‘shimcha qirqqa yaqin xizmat bor. O‘ylaymizki hali oldinda qiladigan ishlarimiz bor»,
dedi vazir.
Vazir o‘zbek talabalari qachon tanlov fanlarni va o‘qituvchilarni tanlay oladi degan savolga esa bu zharaёnda bir muammo borligini va bu muammo esa kafedradagi o‘qituvchilar soni va ularning ilmiy ish bilan shug‘ullanishi bilan hal bo‘lishini aytdi.
«Bugun baъzi universitetlarda tanlov fanlari amalga oshirilgan. Chet ellarda nima uchun tanlaydi, kafedrada 10 o‘qituvchi bo‘lsa, shuni beshtasi o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanadi, qolgan beshtasi ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanadi. Keyin bu ilmiy tadqiqot qilaёtgan o‘qituvchilar bazada turgani uchun, talabalarning o‘zlari kafedradagi o‘qituvchilarni tanlash mumkin. Bizda lekin hozir normativ huzhzhatlar bo‘yicha bor o‘qituvchilarni tanlash huquqiga ega»,
dedi Qo‘ng‘irotboy Sharipov.
Uning aytishicha, Toshkent Davlat Iqtisodiёt universitetida bu zhoriy etilgan. Har yili may oyidan iyunь oyigacha universitetda talabalar o‘qituvchilarni o‘zlari baholaydi va tanlaydi.
«Normativ nuqtai nazardan shtatlar to‘la, lekin biz qo‘shimcha o‘qituvchilarni tanlash uchun ular bazada bo‘lishi kerak. U o‘qituvchi qachon bazada turishi mumkin? Ilmiy tadqiqot ishi bilan shug‘ullanib turishi kerak. O‘zini granti bo‘lishi kerak. Mana shunda o‘qituvchini tanlash huquqiga ega bo‘ladi» ,
dedi vazir.
Shuningdek, u bugungi kunda O‘zbekistondagi xorizhlik o‘qituvchilar sonini bilmasligini aytdi.
«Hozirgi kunda men aniq raqam ayta olmayman. Har bitta universitetda 10 tadan 30 gacha xorizhlik olimlar bor. Ular 2000 dollar atrofida maosh oladi»,
dedi u.