Ikki davlat hukumat aъzolari va ishbilarmonlari ishtirokida Toshkentda o‘tgan savdo iqtisodiy forum samarali muzokaralarga boy bo‘ldi. Xitoy ishbilarmonlari eng yangi texnologiyalar, mashinasozlik, tekstil, zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari kabilarni taklif etgan bo‘lsa, O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan qishloq xo‘zhaligi, rangli metallar, oziq-ovqat mahsulotlari, tekstil kabilar ko‘proq qiziqtirdi.
Unda so‘zga chiqqan Chzheszyan provinsiyasi hududiy qo‘mitasi bosh kotibi Syu Sivenь keyingi paytda ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy sohalarda hamkorlik mustahkamlanib boraёtganini va bugungi biznes-forum ham ana shunday aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qilishini taъkidladi.
– Bugungi biznes-forum ikki tomon uchun ham har zhihatdan foydali bo‘ladi, deb o‘ylayman. Chunki bu erda ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishda tanishuv va o‘zaro muloqot katta rolь o‘ynaydi. Keyingi yillarda Chzheszyan provinsiyasi iqtisodiёtida katta o‘sish kuzatildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston bilan to‘qimachilik, elektrotexnika, energetika sohalarida samarali hamkorlik qilinmoqda. Kelgusida ushbu sohalar kabi qishloq xo‘zhaligi, shamol energetikasi yo‘nalishlarida aloqalarni yanada kengaytirish niyatimiz bor, – dedi Syu Sivenь.
Aytish zhoizki, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ko‘p qirrali aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Keyingi yillarda iqtisodiёt, savdo, taъlim, izhtimoiy infratuzilma, sarmoyaviy sohalarda manfaatli hamkorlik mustahkamlanib bormoqda.
Chzheszyan provinsiyasi Xalqaro savdoni rivozhlantirish Kengashi vise-prezidenti In Goxua o‘z so‘zida hududning iqtisodiy imkoniyatlari, YaIM o‘sishi va O‘zbekiston davlati bilan hamkorlik aloqalari haqida to‘xtalib o‘tdi.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/06/photo-2024-06-27-02-16-29.jpg)
– Xitoy O‘zbekiston turizm sektori rivozhi uchun muhim ahamiyatga ega, – dedi Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiev. – Bugungi kunda xitoylik sayёhlar uchun 10 kunlik vizasiz rezhim zhoriy etilgan. Shu bilan birga, Xitoy hukumati tomonidan 2023 yilning fevralidan O‘zbekiston turistik guruhlarga tavsiya etilgan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan. Hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida yil davomida Xitoyning o‘nta hududida mamlakatimiz sayёhlik salohiyati haqida taqdimotlar va turizm sohasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Zhoriy yilning yanvarь oyida tomonlar turizm sohasida 2024-2026 yillar uchun hamkorlik dasturini imzoladi. Ayni paytda bu borada ishlarimizni amalga oshirayapmiz. Shu bilan birga, Xitoyning ushbu Chzheszyan provinsiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilish istagidamiz. Bugun ikki tomon o‘rtasida imzolangan memorandum mohiyati ham shunga qaratilgan.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/06/photo-2024-06-25-19-02-57.jpg)
Tadbir davomida savdo aloqalarini rivozhlantirish, turizm, tibbiy zhihozlarni O‘zbekistonga importi, Xitoy tomoniga esa qishloq xo‘zhaligi mahsulotlari eksporti, Markaziy Osiёdagi eng yirik sanoat parkini birgalikda barpo etish kabilarga oid qator shartnomalar imzolandi.
Shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmonlari ishtirokida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga oid yuzma-yuz muzokaralar olib borildi.