U Prezident Shavkat Mirziёev bilan xarbiy hamkorlik masalasini muhokama qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziёev bugun, 26 iyunь kuni amaliy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Turkiya Milliy mudofaa vaziri Yashar Gyuler boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivozhlantirish istiqbollari, zhumladan, yaqin idoralararo aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma tadbirlar tashkil etish, harbiy mutaxassislarni tayёrlash va boshqa masalalar muhokama qilingan.
«Anqara shahriga 5-6 iyunь kunlari amalga oshirilgan oliy darazhadagi tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi»,
deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, xavfsizlik sohasida, terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlash va muvofiqlashtirishga alohida eъtibor qaratildi.
«Mintaqada tinchlik va barqarorlikni taъminlash, shu zhumladan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi»,
deyiladi xabarda.