Uning tarkibida O‘zbekiston ham bor.
Izhtimoiy tarmoqlarda “Tolibon” targ‘ibotchilari tomonidan tayёrlangan, “Islom imperiyasi”ning kelazhak xaritasi tasvirlangan video tarqaldi.
Videoda, 2070 yilga kelib Markaziy Osiё, Hindiston, Pokiston, Xitoy, Yaqin Sharqning musulmon davlatlari, Ozarbayzhon, Armaniston, Gruziya, Afrikaning baъzi davlatlari, hattoki Rossiyaning ham ayrim hududlari tarkibida bo‘lgan, “Islom imperiyasi” tasvirlangan.
Zhurnalist Bilol Sarvariy o‘zining X sahifasida Islom imperiyasi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tgan.
“Hozhi Nazhib nomi bilan tanilgan, Tolibon hukumatining Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Mavlaviy Rahmatulloh minglab zhangchilarni Yaqin Sharq mamlakatlariga, zhumladan, Yaman, Suriya, Livan va Falastinga yuborishni muvofiqlashtirish vazifasini bazharadi. Ular bir qator terrorchi guruhlarga ko‘mak ko‘rsatishi nazarda tutilgan”,-deydi Bilol Sarvariy.
Afg‘onshunos Suhrob Bo‘ronov “Tolibon” targ‘ibotchilarining o‘z hududidan tashqarida ham zhangovar harakatlarni olib borishga moyilligi mavzhudligi, buni faqat vaqt ko‘rsatishi mumkinligini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston “Tolibon”ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqargani, Rossiyaning ham shunday niyati borligi haqida maъlum qilgan edik.