Chilonzorda 334 mln so‘m, Sergelida 550 AQSh dollari evaziga chetga yuborishni vaъda qilgan firibgarlar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuraturaning Iqtisodiy zhinoyatlarga qarshi kurashish departamenti maъlum qildi.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/06/depart-1.jpg)
Xabarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi Departament Toshkent shahrining Chilonzor va Sergeli tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazgan.
Unda esa Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi fuqaro I.A. fuqaro Sh.Sh.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari ёrdamida Turkiya davlati orqali aylanma yo‘llar bilan Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishi evaziga 334 mln so‘mi olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Shu kabi shaharning Sergeli tumanida yashovchi fuqaro V.G. fuqaro A.Yu.ni tanishlari ёrdamida Polьsha davlatiga ishga yuborishi evaziga 550 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlangan.
«Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Zhinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan zhinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda»,
deyiladi xabarda.