Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Zhaparov O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Xurshid Mirzohidovni diplomatik missiyasi yakunlangani munosabati bilan qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Sadir Zhaparov Xurshid Mirzohidovning diplomatik xizmati davomida barcha darazhadagi muhim ikki tomonlama tadbirlar va tashriflar bo‘lib o‘tgani, qator muhim Qirg‘iziston-O‘zbekiston ikki tomonlama huzhzhatlar imzolangani, savdo-iqtisodiy yo‘nalishda yaxshi natizhalarga erishilganini taъkidladi.
“O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiёt zhamg‘armasi tashkil etilib, uning faoliyati bugungi kunda tizimli va samarali amalga oshirilmoqda, qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasini delimitasiya qilish yakunlandi, ikki tomonlama munosabatlar har tomonlama strategik sheriklik darazhasiga ko‘tarildi va qo‘shma sanoat kooperasiyasida yangi imkoniyatlar ochildi”,
degan Zhaparov O‘zbekiston elchisiga.
Prezidentimiz bunda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziёevning alohida va muhim o‘rni borligini alohida taъkidlagan.
O‘zbekiston elchisi Xurshid Mirzohidov davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Qirg‘iziston Sadir Zhaparov rahnamoligida barcha zhabhalarda, zhumladan, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va sport sohalarida faol rivozhlanaёtganini alohida taъkidladi.
Muloqot so‘ngida Prezident Sadir Zhaparov ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Xurshid Mirzohidovni Qirg‘iziston Respublikasining Faxriy ёrlig‘i bilan taqdirlagan.
Maъlumot uchun, Xurshid Mirzohidov 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iziston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan edi.
U 1971 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Maъlumoti oliy. 1995 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini tamomlagan. Mutaxassisligi radioaloqa, radioeshittirish va televidenie muhandisi.
U 2002-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Aloqa va axborot texnologiyalari kompleksi rahbari kotibiyatining mudiri sifatida ishlagan. 2003-2004 yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori o‘rinbosari lavozimini egallagan. 2004 yilning sentyabridan dekabriga qadar “O‘zbektelekom” AK bosh direktori o‘rinbosari, 2004 yildan 2006 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikasiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, 2006 yildan 2009 yilgacha “O‘zprommashimpeks” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2009-2010 yillarda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
X.Mirzohidov 2017 yil boshida O‘zMTRK raisi etib tayinlangandi. Mirzohidov bu lavozimda yarim yil, 2017 yil avgustiga qadar faoliyat yuritdi. 2017 yil oktyabr oyida Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisining avtomobil yo‘llari bo‘ylaridagi ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – «O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish» unitar korxonasi direktori etib tayinlangandi.