2023 yilda AQShning uran importida O‘zbekistonning ulushi 10 foizga etgan. Bu haqda “World Nuclear News” nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, AQSh kommunal xizmatlari 2023 yildan 2022 yilga nisbatan 27 foizga ko‘proq uran sotib olgan. Uranning aksariyati xorizhiy etkazib beruvchilardan kelgan. Mahalliy xom ashё esa atigi 5 foizni tashkil etgan.
Maъlum bo‘lishicha, AQShning fuqarolik atom energetikasi reaktorlari egalari va operatorlari 2023 yilda 51,6 million funt ekvivalentidagi uran sotib olgan. Bir funt uran uchun o‘rtacha 43,80 dollar to‘langan. Bu qiymat 2022 yildagidan ko‘ra 12 foizga yuqori ekani aytilgan. 2015 yil bilan solishtirganda esa so‘nggi 9 yildagi eng yuqori xarid narxi kuzatilgan.
«AQShga etkazib berilgan uranning 27 foizi Kanada hissasiga, 22 foizi esa Avstraliya va Qozog‘iston ulushiga to‘g‘ri kelishi maъlum qilingan. Shuningdek, Rossiya talab qilingan uranning 12 foizini, O‘zbekiston esa 10 foizi etkazgan. Qolgan kam ulush esa Xitoydan va Afrikadagi hamkorlar hisobiga qoplangan»,
deyiladi xabarda.
Zaruriy uranning 15 foizi qisqa muddatli shartnomalar doirasida etkazib berilib, 51,64 dollardan narx belgilangan. Ichki isteъmolning 85 foizini qoplab beruvchi uzoq muddatli shartnomalarda esa uran funti 42,42 dollardan sotib olinishi belgilab qo‘yilgan.
Yil davomida AQSh atom elektr stansiyalarining egalari va operatorlari boyitish korxonalariga 34 million funt UZO8 tabiiy uran ozuqasini etkazib berishgan. Buning 39 foizi mahalliy etkazib beruvchilariga, qolgani esa xorizhiy etkazib beruvchilarga to‘g‘ri keladi.
Maъlumot uchun, uran – er ostidan qazib olinadigan maъdan bo‘lib, tabiiy ravishda uchraydigan elementlar orasida eng og‘irlaridan biri hisoblanadi. Undan atom elektr stansiyalari (AES) hamda dengiz va suvosti kemalarini boshqaradigan yadro reaktorlari uchun ёqilg‘i sifatida keng foydalaniladi. Shu bilan birga, u yadroviy qurollar, radiasiyadan himoya tizimlarida ham ishlatiladi.