Ayrim toifadagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishini nomaqbul deb topish tartibi belgilanmoqda. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, bir guruh deputatlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish qonun loyihasi ishlab chiqilgan va quyi palataga kiritilgan.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/06/photo-2024-06-11-13-22-58-1.jpg)
Ushbu qonunga quyidagicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
Birinchidan, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi nomaqbul deb topish asoslari va tartibi belgilanmoqda.
Mazkur shaxslar O‘zbekiston davlat suverenitetiga, hududiy yaxlit va xavsizligiga zid bo‘lgan davlatlararo izhtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni keltirib chiqaruvchi O‘zbekiston xalqning shaъnini, qadr-qimmatini ёki tarixini tahqirlasa O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishga loyiq deb topilmaydi.
Ikkinchidan, ushbu shaxslarning O‘zbekistonga kirish, banklardan hisob-varaqalar ochish, ko‘chmas mulk sotib olish, davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etish, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarga kirishish taqiqlanadi.
Uchinchidan, O‘zbekistonda vaqtincha turgan ёki doimiy yashaydigan chet el fuqarosi ёki vaqtincha turgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning mamlakatda bo‘lishi nomaqbul deb topilishi uning O‘zbekiston hududida qonuniy asoslarda yashash va mamlakatda bo‘lish huquqini bekor qilishga hamda mazkur shaxs deportasiya qilishga sabab bo‘ladi.
To‘rtinchidan, qonun loyihasida mamlakatda bo‘lishi loyiq bo‘lmagan shaxslarni deportasiya qilish asoslari va tartibi nazarda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi mumkin emasligi to‘g‘risida Tashqi ishlar vazirligi xabarnomasini olgan kundan eъtiboran 10 kun ichida ixtiёriy ravishda O‘zbekistondan chiqib ketishi kerak.
Agar ular belgilangan muddatda O‘zbekiston hududidan ixtiёriy chiqib ketmasa, mazkur shaxslar shaxs ichki ishlar organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan deportasiya qilinadi, yaъni mazhburiy tarzda chiqarib yuboriladi.
Ushbu qonun loyihasi Qozog‘iston, Ozarbayzhon, Rossiya Federasiyasi, Polsha, Belarusь, XXR kabi davlatlarning ilg‘or tazhribasi o‘rganilib ishlab chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rus tarixchisi Mixail Smolin o‘zbek millatini Lenin o‘ylab topganini, boshqa bir rossiyalik mansabdor Zaxar Prilepin esa O‘zbekistonni bosib olish kerakligini aytgan edi.