Oyiga 4200 dollar maosh, bepul turar zhoy, tibbiy sug‘urta… Ammo o‘zbekistonliklar uchun emas, xorizhiy o‘qituvchilarga.
Ish vakansiyalari bo‘yicha Sparobanks xalqaro veb saytida viza homiyligi bilan O‘zbekistonda biologiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlash eъloni zhoylandi. Unda talablar unchalik og‘ir emas, ammo imkoniyatlar ancha yuqori.
“Mana, eng yaxshi xalqaro maktablardan birida azhoyib imkoniyat. Ular oyiga 4200 AQSh dollari miqdorida yaxshi maosh, bepul turar zhoy, aviabilet va boshqalarni taklif qilishadi.
Ish tafsilotlari
Manzil: O‘zbekiston
Soha: Taъlim
Yo‘nalish: Biologiya o‘qituvchisi
Tazhriba: kamida 1 yil
Maъlumoti: bakalavr darazhasi, Ёsh chegarasi yo‘q
Imtiёzlar: vizani qo‘llab-quvvatlash, bepul turar zhoy, trasplrt harazhatlari,
Ish turi: doimiy va to‘liq kunlik
Maosh: 4200 AQSh dollar/oy”,
deyilgan eъlonda.
Talablar sifatida esa talabgorning Biologiya fanlari bo‘yicha bakalavr darazhasini tugatgan bo‘lishi, 5 yillik pedagogik tazhriba hamda ingliz tilida yaxshi muloqot qobiliyatlari bo‘lishi kerakligi aytilgan.
“Ilgari biologiyadan dars bergan bo‘lsa, afzallik beriladi. Turli xil taъlim berish usullari bilan ishlash tazhribasi foydali bo‘ladi.
Ingliz tilini yaxshi bilish shart. O‘zbek ёki rus tillarini bilish maktab tiliga qarab bonus hisoblanadi.
Biologiyani yaxshi bilish va O‘zbekiston taъlim standartlarini tushunish muhim. Odamlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish va o‘qitishni turli talabalarga moslashtirish qimmatlidir.
O‘z sohangizda yangiliklar qila olishingiz zhuda qadrlanadi”,
deya talab qo‘yilgan eъlonda.
Bunga taklif sifatida esa quyidagilar keltirilgan:
Raqobatbardosh ish haqi
Bepul turar zhoy
Viza va tibbiy sug‘urta
Trening dasturlari
Yilda bir marotaba taъtil
Ikki tomonga aviachipta
Aeroportdan olib ketish
Shuningdek, sog‘liqni saqlash uchun sug‘urta, bepul viza va turli xil taъtillar vaъda qilingan.
O‘zbekistonlik o‘qituvchilar xorizhliklarga berilaёtgan bunday sharoit-u, imkoniyatlarga faqat havas qilishadi.
Uzdiplomat.uzʼga intervьyu bergan Malohat Omonova o‘zbekistonlik o‘qituvchilarga xorizhlik o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitning o‘ndan biri ham yaratilmaganini aytdi.
“Masalan, bizning maoshimiz 400 dollar ham emas. Men oliy toifali o‘qituvchi sifatida 3 mln 700 ming so‘m maosh olardim. Hozir tug‘ruq taъtilidaman. Bu pul zhuda oz. O‘zbekistonda biologiya o‘qituvchilari uchun darslar zhuda kam. Ko‘plab soha ustozlari ish topolmay yuribdi. Ular orasida ham til biladiganlari bor”,
dedi u.
Uning aytishicha, agar mamlakat o‘qituvchilariga ham shunday imkoniyat yaratilsa, bugun ishsizlik muammosi ancha engillashgan bo‘lardi.
“Men ham ingliz tilini o‘rganaёtgan edim. Ammo moddiy qiyinchilik va ishdagi yuklamalar sabab o‘rganishni tashlab qo‘ydim. Bizga hech qanday sug‘urta ham berilmaydi”,
dedi u.
Xo‘sh, O‘zbekiston o‘z o‘qituvchilari uchun nega bunchalik oz, xorizhiy mutaxassislar uchun esa o‘zimizdagilarning maoshidan o‘n baravar ko‘p maosh taklif qilmoqda? Hatto xorizhning eng nufuzli taъlim dargohida o‘qigan bo‘lsada, qaytib kelsa o‘zbekistonlik bo‘lgani uchungina kam maosh olaveradimi?
Bu O‘zbekistonda zhahon standartiga zhavob beradigan o‘qituvchi yo‘qligini anglatadimi, ёki mamlakat taъlim muassasalari mahalliy o‘qituvchilarning mahoratiga ishonmasliginimi?