Davlatimizning 100-yillik tavalludini nishonlash, u bilan bogʻliq tarixiy faktlarni ommalashtirish vaqti kelmadimi?
Uzdiplomat nashri Oʻzbekiston tavalludining 100-yilligi arafasida, sana bilan bogʻliq faktlarni ochiqlab, bu mavzuda mulohaza yuritishni istagan tarixchilarga minbar berib kelmoqda. Navbatdagi suhbatdosh jamoatchilik faoli Jamshid Muslimov.
“Oʻzbekiston davlati tashkil topganida Fayzulla Xoʻjayev va uning atrofidagi jadidlar shu nomdagi alohida Respublikani tasavvur qilishgan. Ularning sotsializm toʻgʻrisidagi fikrlari butunlay boshqa edi”, — deydi Jamshid Muslimov.
Oʻzbekiston tavalludini jadidlar bilan bogʻlash qanchalar toʻgʻri? Shu yil 100-yil toʻlayotgan Oʻzbekiston davlati atamasi va uning chegaralari qanday tashkil topgan edi. Oʻzbekiston davlatining 1924-yildagi chegaralanuvi tarix xatosi edimi yoki aksincha. Mazkur savollarga Jamshid Muslimov bilan javob izlaymiz.