Qirg‘iziston hukumati respublika fuqarolariga Livan va Isroilga bormaslikni tavsiya qildi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi maъlum qildi.
«Isroil-Livan chegarasida vaziyat keskinlashgani munosabati bilan vazirlik Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolariga ushbu davlatlarga saёhat qilishdan bosh tortishni tavsiya qiladi»,- deyiladi vazirlikning xabarida.
Bundan tashqari, Tashqi ishlar vazirligi Isroil va Livandagi qirg‘izistonliklarga «vaziyat barqarorlashguncha o‘z xavfsizlik choralarini kuchaytirishni» tavsiya qilgan.
Shuningdek, favqulodda aloqalar uchun Qirg‘izistonning Quvayt va Turkiyadagi elchixonalarida ishonch telefonlari mavzhud bo‘lib, ular orqali Qirg‘iziston fuqarolari kerak bo‘lsa, ёrdam ёki maslahat so‘rashlari mumkinligi qo‘shimcha kilingan.