Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Zhaparov Xitoyning Shinzhon-Uyg‘ur avtonom raёniga amaliy tashrifi doirasida Urumchi shahrida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashdi. Uchrashuvda Qambarota GES-1 va Chotqol darёsida qurilazhak GES yuzasidan muzokaralar olib borilgan.
Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
Aripovning Zhaparov bilan ko‘rishgani haqida ёzgan O‘zbekiston Bosh vaziri matbuot kotibi esa ular GESlar mavzusini muhokama qilgani haqida hech narsa demagan.
Qirg‘iziston rasmiy manbaasining ochiqlashicha, har ikki vazir ikki tomonlama hamkorlik kun tartibiga kiritilgan va ikki davlat rahbarlari tomonidan belgilab berilgan uchta istiqbolli infratuzilma loyihasini muhokama qilishgan.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/06/2020.jpg)
“Ikki davlat hukumat rahbarlari Talas-Chotqol-Toshkent avtomobil yo‘lini qurish loyihasini ham muhokama qildilar. Hozirda “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilmoqda. Loyihaning amalga oshirilishi o‘zaro tovar ayirboshlash hazhmini oshirish va ikki davlatning sayёhlik salohiyatini oshirish imkonini beradi”, – deb ёzgan manbaa.
Bundan tashqari, Oqilbek Zhaparov va Abdulla Aripov Qirg‘iziston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga qattiq ёqilg‘i etkazib berishga qaratilgan konveer va ko‘mir logistika markazini qurish bo‘yicha qo‘shma ishlarni faollashtirish masalalarini ham muhokama qilgan.
Tomonlar yuqorida qayd etilgan infratuzilma loyihalarini ilgari surish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarning qabul qilinishi ikki davlat o‘rtasidagi qardoshlik strategik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilishini taъkidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Prezidentlari “Qambarota-1 GES”ini qurish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi. Rossiya esa ularga qo‘shilish taklifini bildirgandi.