Qirg‘iziston-Xitoy-O‘zbekiston temir yo‘liga direktor Qirg‘iziston tomonidan tayinlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Zhaparov «Kagar» agentligiga bergan intervьyusida maъlum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uch davlat o‘rtasida qo‘shma kompaniya tuzilgan. Uning vakolatxonasi Bishkekda zhoylashgan.
«Bosh direktor Qirg‘iziston tomonidan tayinlangan. Qolgan ikki davlatdan ikki nafar muqobil nomzodlar ham tayinlangan. Temir yo‘l uchun sarflanadigan barcha mablag‘lar Bishkek orqali o‘tadi. Shunday qilib, temir yo‘l qurilishi tugaguniga qadar barcha xarazhatlar biz va uch davlat nazoratida bo‘ladi»,
deya qo‘shimcha qilgan Zhaparov.
Maъlum bo‘lishicha, mablag‘larning 51 foizi Xitoy, 24,5 foizi esa Qirg‘iziston va O‘zbekiston tomonidan kiritiladigan investisiya hisobiga qoplanadi. Xalqaro standartlarga ko‘ra, sarmoyalar qoplanganidan keyin temir yo‘l Qirg‘iziston tomoni nazoratiga o‘tadi.
«Bu yo‘l birinchi navbatda boshqalarga emas, bizga kerak. Markaziy Osiё orqali Evropa va boshqa davlatlar, zhumladan, Xitoy o‘rtasida tranzit yo‘lagi o‘rnatamiz. Bu iqtisodiy manfaatlar va geosiёsiy barqarorlik uchun ham muhim»,
deya tushuntirgan u.
Maъlumot uchun, zhoriy yilning,19 iyunь kuni «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasini birgalikda ilgari surish bo‘yicha hukumatlararo bitimni ratifikasiya qilishni maъqullagan. Bitim 6 iyunь kuni Pekinda imzolangan edi.