Zhanubiy Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Ёlь O‘zbekistonga amalga oshiradigan davlat tashrifi arafasida “Dunё” axborot agentligiga intervьyu berdi. Uning aytishicha, O‘zbekiston Koreyaning Markaziy Osiёdagi yagona strategik sherigidir.
“Biz Markaziy Osiёdagi yagona alohida strategik sherigimiz va asosiy hamkorimiz bo‘lgan O‘zbekiston bilan do‘stona munosabatlarni rivozhlantirishda davom etamiz”,
Yun Sok Ёlь.
Uning aytishicha, mamlakatning yuqori o‘sish salohiyatiga ega bozori, katta miqdordagi ishchi kuchi va geosiёsiy ahamiyati uni xalqaro kompaniyalar uchun biznes yuritish va investisiyalar kiritish uchun zhuda zhozibador makonga aylantirmoqda.
Shuningdek, u o‘z mamlakatini O‘zbekiston bilan taqqoslar ekan, har ikki mamlakat dunёga ochilish orqali mana shunday yutuqlarga erishaёtganini bildirdi.
“Bir paytlar mutlaq qashshoq mamlakat bo‘lgan Koreya Respublikasi tashqi dunёga ochilish, iqtisodiёtini liberallashtirish va xalqaro hamzhamiyat bilan yaqin hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish orqali iqtisodiy va izhtimoiy taraqqiёtga erishdi. Ushbu tazhribaga asoslanib, Koreya Respublikasi O‘zbekistonning islohotlarni haёtga tatbiq etish bo‘yicha saъy-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi hamda bundan keyin ham respublikani izhtimoiy-iqtisodiy va demokratik rivozhlantirishda mamlakatingiz bilan alohida strategik sherik sifatida yaqindan hamkorlik qiladi”,
dedi u.
Zhanubiy Koreya turli sohalarda, zhumladan, energetika va infratuzilma, muhim foydali qazilmalar, taъminot zanzhirlari, sog‘liqni saqlash va tibbiy xizmat, taъlim, raqamlashtirish, fan va texnologiyalar, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit kabi sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirish niyatida.
“Koreya Respublikasi bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yanada yaqinlashishi uchun xalqlarimiz o‘rtasidagi ishonch va do‘stlikka asoslangan gumanitar va madaniy almashinuvlarni yanada faollashtirish zarur, deb hisoblayman. O‘zbekiston xalqi ham Koreya Respublikasiga nisbatan iliq va ezgu munosabatda”,
deya o‘z nutqini yakunlagan Yun Sok Ёlь.