«Qaror muhokamasi davomida beriladigan taklif mulohazalarni, davlat organi hammasini olishga mazhbur emas».
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi tomonidan 2024 yil 22 mayda «Tovarlarning (xizmatlarning) bozor narxlaridan kelib chiqib soliq bazasini aniqlash orqali teng raqobat muhitini yaratish to‘g‘risida»gi qarori zhamoatchilik muhokamaga qo‘yilgan edi.
Ushbu qarorga, ekspertlar so‘nggi paytlarda avval soliq kodeksiga muvofiq bo‘lmagan normativ huzhzhatlar qabul qilinib, keyinchalik Soliq kodeksini ushbu qonunga zid keluvchi normalarga muvofiqlashtirish amaliёti kuzatilaёtganini aytgan.
Uzdiplomat.uz muxbiri AOKAda o‘tgan matbuot anzhumani davomida ushbu qaror sababli yuzaga kelaёtgan fikrlar bo‘yicha Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimovga yuzlandi.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/06/photo-2024-06-04-11-55-07.jpg)
Mutaxassis ushbu qaror zhamoatchilik muhokamasidan Adliya vazirligining huquq-ekspertizasiga hali etib kelmaganini bildirdi. Shuningdek, u qaror vazirlikka kiritilganda o‘rganib chiqilishini aytdi.
“Adliya vazirligiga kiritilganda albatta o‘rganib chiqiladi: Konstitusiyaga, Soliq kodeksiga to‘g‘ri keladimi yo‘qmi?
Muhokama zharaёnida bildirilgan taklif-eъtirozlar tashabbuskor tomonidan inobatga olinganmi? Chunki qonunchiligimiz bo‘yicha muhokama davomida beriladigan taklif mulohazalarni, davlat organi hammasini olishga mazhbur emas, lekin o‘sha taklif-mulohazalar bo‘yicha, qabul qilinmagan sabablarini ko‘rsatib berishi kerak.O‘sha maъlumotlar bilan birgalikda u hukumatga kiritadi. Adliya vazirligi huquqiy ekspertizasiga kelganida biz buni o‘rganib chiqamiz”,
dedi Alisher Karimov.
Vazir o‘rinbosarining aytishicha, Vazirlar Mahkamasi qarori qonunchilikka zid keladigan bo‘lsa Adliya vazirligi buni o‘z xulosalarida beradi.
Maъlumot uchun, Soliq qo‘mitasi tovarlarning bozor narxini aniqlab, shu narx asosida soliq hisoblashga o‘tmoqchi. Avvaliga birzha tovarlari, davlat xaridlari portalidagi va markirovkalanadigan tovarlarga tatbiq qilinadigan bu tartib, keyinchalik barcha tovarlar uchun zhoriy qilinadi. Hukumat qarori loyihasi hozirda muhokama uchun ochiq.