Bank xodimlari yana tadbirkorning o‘zini aybdor demoqda.
Xullas, tadbirkor “Agrobank”dan kredit olgan, biroq, tadbirkor kreditini to‘liq to‘lashiga qaramay, uning garovga olingan mol-mulkini “Agrobank” xodimlari taъqiqdan chiqarmay paysalga solib kelgan. Natizhada esa tadbirkor Biznes-ombudsmanga murozhaat qilib, taъqiqni echtirgan. Voqealarning qisqacha baёni shu.
Surxondarё viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkor “Agrobank” xodimlarining xatti-harakatidan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murozhaat qilgan.
Aniqlanishicha, “Malika” (nomi o‘zgartirilgan) xususiy korxonasi 2021 yil avgust oyida 200 mln so‘m kredit olgan. 2024 yil yanvarь oyida kreditni to‘liq to‘lagan bo‘lishiga qaramay, bank tadbirkorning binosini taqiqdan chiqarmagan.
“Vakil devoni xodimlarining amaliy ёrdami bilan garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk taqiqdan chiqarilishi taъminlandi”,
deyiladi Biznes- ombudsman xabarida.
“Agrobank” axborot xizmatining maъlum qilishicha, bunday holatlar bank faoliyatida kuzatilib turiladi.
Ammo bu holatda tadbirkorning o‘zi aybdor ekani, u mol-mulkini taъqiqdan chiqarish bo‘yicha bankka kech murozhaat qilganini aytdi.
“Surxondarёdagi vaziyat bo‘yicha 25 mart kuni viloyatdan xat berilgan. Mazkur xatga asosan bizning yuridik departamentimiz tomonidan maxsus bir holat bo‘yicha ishonchnoma beriladi. Siz aytaёtgan tadbirkorning garovlarini chiqarish maqsadida 26 mart kuniёq biz tadbirkorga ishonchnoma berdik. Bu erda biz tomonimizdan hech qanday xatolikka yo‘l qo‘yilmagan”,
dedi axborot xizmati rahbari.
Uning aytishicha, mizhoz qachonki bankka kelib, mol-mulkini chiqarish bo‘yicha murozhaat qilsa, shundagina viloyat filiali Bosh ofisga xat bilan chiqadi.
Agar bu erda ayb tadbirkorda bo‘lsa, unda nega Biznes-ombudsman aralashgach bu muammo hal qilindi? Nega tadbirkor bankka emas huquqini himoya qilish uchun boshqa tashkilotga murozhaat qildi?
“Agrobank” 5 oy davomida mol-mulkini taqiqdan chiqarolmagan va buning oqibatida zarar ko‘rgan tadbirkorni “o‘zi aybdor” deyishdan uyalmaydimi?