2023 yilning yanvarь-sentyabrь oylari davomida zhami 14 666 nafar o‘zbekistonlik xorizhiy mamlakatlarga ko‘chib ketgan. Bu haqda Statistika agentligi tomonidan eъlon qilingan “O‘zbekiston Respublikasining aholi migrasiyasi” byulletenida keltirib o‘tilgan.
Bu ko‘rsatkich 2022 yilga nisbatan deyarli 5 baravarga ko‘p bo‘lib, o‘tgan yilning xuddi shu davrida O‘zbekistonni tark etganlar atigi 3 152 kishini tashkil qilgandi.
Xorizhiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning asosiy qismini Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisi tashkil qilib, ular 5 970 nafarga teng. O‘tgan yili ham O‘zbekisttonni eng ko‘p qoqaqalpog‘istonliklar tark etgan – 977 nafar.
O‘zbekistondan xorizhiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda esa Toshkent viloyati aholisi turibdi. 2023 yilning 9 oyi ichida zhami 3 901 kishi mazkur viloyatni tark etib, xorizhga ko‘chib ketgan.
Shuningdek, Navoiy viloyatidan 1 930 kishi hamda Toshkent shahridan ham 1 848 kishi xorizhiy mamlakatlarda istiqomat qilishni tanlagan.
O‘z o‘rnida, zhoriy yilning yanvarь-sentyabrь oylari davomida xorizhiy mamlakatlardan O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar soni ham ortgan. Faqat 5 baravarga emas, deyarli ikki baravarga. 2022 yilda xorizhiy davlatlardan O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar soni 1 489 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 2 262 nafarga teng bo‘ldi.
Bunda eng ko‘p ko‘chib kelganlar soni Toshkent shahri xissasiga to‘g‘ri kelib, ular 1 246 nafarni tashkil qiladi. 2022 yilning mos davrida poytaxtga ko‘chib kelganlar soni 853 nafar edi. Bundan tashqari, Navoiy viloyatiga 159, Toshkent viloyatiga 541, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga esa 151 kishi ko‘chib kelgan.