O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy temir yo‘l qurilishi 2024 yil oktyabrь oyida boshlanadi. Bu haqda Qirg‘izisiton Respublikasi Prezidenti Sadir Zhaparov O‘shga safari chog‘ida maъlum qildi.
“Hozir Qirg‘iziston logistika bo‘yicha boshi berk ko‘chaga kirib qolgan davlat.Temir yo‘l qurilsa, biz dunёga chiqa olamiz. Bu o‘zimizning yo‘limiz bo‘ladi”,
dedi Sadir Zhaparov.
“Kursiv” nashrining xabar berishicha, temir yo‘lning taxminiy uzunligi 450 km dan ortiq.
Shuningdek, Qirg‘iziston tomoni logistika loyihasi qiymatini taxminan 8 milliard dollarga baholamoqda.
“Iqtisodiёtimiz yildan-yilga o‘sib boradi, eng asosiysi, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘lining qurilishi rezhalashtirilgan. Qirg‘iziston dunё uchun tranzit mamlakat bo‘ladi”,
dedi u.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan III Halqaro investisiyalar forumida Transport vazirining o‘rinbosari Zhasurbek Choriev esa logistik loyihasining umumiy qiymati taxminan 5,1 milliard dollarligi, temir yo‘l uzunligi 454 km bo‘lishini aytib o‘tgan edi.