Agar bozorlar qayta qurilsa, Toshkent “Chorsu” kabi tarixiy manzillaridan ayrilib qolmaydimi?
Ayni paytda bo‘lib o‘taёtgan xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida er o‘ta cheklangan sharoitda bor infratuzilmani vertikal o‘stirish orqali sanoat va savdoni rivozhlantirish zarurligiga alohida eъtibor qaratilgan.
Unga ko‘ra, Prezidentga Toshkentdagi yirik bozorlarni ko‘p qavatli qilib qayta qurish taklif etilgan.
«Masalan, yirik bozorlarni qavat-qavat usulda kengaytirish, Yunusobod kichik sanoat zonasidagi binolarni 3-4 qavat qilib qayta qurish hisobiga qo‘shimcha maydonlarni hosil qilish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi», – deyiladi xabarda.
Maъlumot uchun, nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiёdagi eng yirik bozorlardan biri – bu “Chorsu” bozori bo‘lib, tarixan yaratilishi o‘rta asrlarga taqaladi. Mazkur bozor hatto Buyuk ipak yo‘lida ham katta ahamiyatga ega edi. Agar yirik bozorlar buzilib, o‘rniga ko‘p qavatlilari quriladigan bo‘lsa, qadimiy “Chorsu”ga zarar etmaydimi?
Bundan tashqari, Toshkent shahrining Amir Temur shohko‘chasidagi sakkizta davlat idorasining eski binolarini rekonstruksiya qilish va savdo obъektlari, ofis va erosti avtoturargohiga ega mehmonxonalar qurish uchun tadbirkorlarga berish ham taklif etilgan.
Amir Temur shohko‘chasida esa asosan XVIII–XIX asrga oid, madaniy meroslar ro‘yxatida turuvchi binolardan davlat tashkiloti sifatida foydalaniladi.