O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatga boruvchilar soni yildan-yilga oshmoqda. Bu haqda 21 fevralь kuni Mudofaa vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anzhumanida vazirlik tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mehriddin Qo‘chqorov maъlum qildi.
“Umuman olganda, harbiy kasbga bo‘lgan munosabat, harbiy xizmatga nisbatan qiziqish yildan-yilga ortib boryapti. Buning oddiygina misoli o‘tgan yillari “Temurbeklar maktabi”ga qabul kvotasi 100 nafar edi. Ёshlarimizning intilishi ko‘p bo‘lgani uchun, ularning soni ortib boraёtgani uchun biz prezidentimizdan so‘rab, kvotani 150 nafarga oshirdik. Xuddi shuningdek, harbiy oliy taъlim muassasalarida ham ko‘rsatkichlar yildan-yilga ko‘paymoqda. Bu statistikani muddatli harbiy xizmat qiluvchilarga ham qo‘llasa bo‘ladi. Chunki aholining 60% ёshlar va bu zhuda katta kontingent”, – dedi u.
Biroq vazirlik rasmiylari ularning aniq sonini ochiqlamadi.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/03/photo_2024-02-21_16-15-21-xl.jpg)
“Davlat siri, harbiy sir degan tushunchalar bor. Shu sababli bu raqamlar hech qachon aytilmagan va aytilmaydi ham. Biz harbiy xizmatni o‘taganlar sonini ochiqlay olmaymiz”,- dedi Mudofaa vazirining axborot siёsati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Otabek Yo‘ldoshev.
Shuningdek, masъullar bugungi kunda ota-onalar ham farzandlarini harbiy xizmatga zho‘natishga katta qiziqish bildirib boraёtganini ham qo‘shimcha qildi.
“Bilasizmi, nima uchun? Chunki harbiy xizmat yigitlarni toblaydi. Uni haqiqiy erkak bo‘lishiga xizmat qiladi. Harbiy xizmat yigitlarni ertaga zhamiyatga, yurtga xizmat qila oladigan tayёr shaxs qilib, vatanparvar qilib tarbiyalaydi. Shuning uchun ota-onalar barcha-quvvatini farzandlarini muddatli harbiy xizmatga zhalb qilish uchun safarbar qiladi. Shuning oqibatida ular farzandlarining ayrim kasalliklarini, nuqsonllarini yashiradi ham. Harbiy xizmatda unga beriladigan yuklamalar natizhasida u kasalliklar qo‘zg‘agan holda turli holatlar yuzaga kelish ehtimollari kuchli”, – dedi Mehriddin Qo‘chqorov.