Izhtimoiy tarmoqlarda Voronezhda reyd o‘tkazilib, unda O‘zbekiston fuqarolari hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining aniqlik kiritishicha, holat zhoriy yilning 7 iyunь kuni Voronezh shahridagi «Razvitie» qurilish hududida yuz bergan.
Reyd tadbiri o‘tkazilgan ushbu qurilish hududida 45 nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat faoliyatini amalga oshiraёtgan bo‘lib, ularning 12 nafari norasmiy ishlagan.
«Norasmiy ishlaganlarning 11 nafariga nisbatan patent muddati o‘tib ketgani sababli zharima shaklida maъmuriy zhavobgarlik qo‘llanilib, shu kunning o‘zida vaqtincha yashash zhoyiga ruxsat berilgan va yana 1 nafari esa hech qanday huzhzhatlarsiz ishlagani sababli hozirda mamlakat hududidan deportasiya qilinmoqda», deyiladi agentlik munosabatida.
Agentlik yurtdoshlarimizdan mahalliy qonun-qoidalarga rioya qilish hamda migrasiya qonunchiligini buzmaslik so‘ragan.