![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/06/48620797-1.jpg)
Izhtimoiy tarmoqlarda ota-onasi tomonidan kaltaklangan, hatto o‘ldirilgan bolalar haqidagi videolarni ko‘rmagan odam bo‘lmasa kerak. «Bolazhon xalq» deb eъtirof etiladigan O‘zbekistonda 2023 yil boshida 1240 nafar bola zo‘ravonlikka, shundan 417 nafari zhinsiy zo‘ravonlik qurbonlaridir. Xo‘sh, O‘zbekistonda bola huquqlari qay darazhada himoya qilinyaptimi?
Uzdiplomat.uz shu savol bilan poytaxt aholisi va mehmonlariga yuzlandi. So‘rovnomada qatnashgan respondentlarning zhavoblari turlicha bo‘ldi.
Kimdir mamlakatda bola huquqlari himoya qilinaёtganini aytsa, yana kimdir bunga qarshi fikr bildirdi.
«Himoya qilinyapti desam nima o‘zgaradi, qilinmayapti desam nima o‘zgaradi. O‘zbekistonda nafaqat bola huquqlari balki boshqa qonunlarga ham amal qilinmaydi»,
deydi respondent.
Shuningdek, boshqa bir so‘rovnoma qatnashchisi O‘zbekistonda bolalar uchun hamma sharoitlar etarliligini bildirdi.
«O‘zbekistonda bolalar uchun hamma sharoitlar bor. Shu o‘rinda ularning huquqlari himoya qilinyapti. Faqat ota-onalar bolalarini urishmasdan ularing psixologiyasiga qarab muomala qilishi kerak. O‘zim o‘qituvchi bo‘lganim uchun ularga yaxshi gapirish keraklini bilaman»,
deydi aёl.
Yana boshqa bir qatnashchi esa bola huquqlari himoyasi kimdir uchun ishlaёtgani, yana kimdir uchun esa ishlamaёtganini aytdi.
«Besh qo‘l baravar bo‘lmaganidek, hamma bir xil emas. Kimdir rioya qilsa yana kimdir bunga rioya qilmaydi. Yana kimdir esa bolalarga quldek muomala qiladi. O‘zi bolalarga do‘st bo‘lish kerak. Yaxshi munosabatda bo‘lish kerak»,
deydi aёl.
Shuningdek, boshqa qatnashchi bolalar o‘zlarining huquqlarini himoya qila olsa ularning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishini bildirdi.
«Avvalambor bola huquqlari himoya qilinishi uchun, ularning o‘z huquqlarini himoya qila olishi lozim. Yaъni bolalarga emas odamlarning ham huquqiy savodxonligini oshirish kerak»,
deydi qatnashchi.
Bolalar huquqlari inson huquqlarining bir qismi bo‘lib, davlat tomonidan kafolatlanadi.
Shuningdek, ularning qonunchilikda taъlim olish, zhismoniy himoya, oziq-ovqat, sog‘liqni saqlash hamda ёshi va rivozhlanishiga mos keladigan huquqlari mavzhud.
Bundan tashqari, bolaning fuqarolik huquqlari va ularning irqi, zhinsi, milliy kelib chiqishi, dini, nogironligi, rangi, etnik kelib chiqishi ёki boshqa xususiyatlariga ko‘ra kamsitmaslik qonunda kafolatlangan.
Maъlumot uchun, O‘zbekiston 1991- yilda mustaqillik eъlon qilganidan so‘ng, ratifikasiya qilingan birinchi xalqaro huzhzhat bu — Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyadir. Mazkur huzhzhat 1992 yil 9 dekabrь kuni Oliy Kengashining tegishli qarori bilan ratifikasiya qilingan.
Xo‘sh, siz nima deb o‘ylaysiz, O‘zbekistonda bolalarning huquqlari himoya qilinyaptimi?