To‘lqin Boboqulov: Agar Rossiya tufayli O‘zbekistonga ham sanksiyalar qo‘llanilsa O‘zbekiston tashqi qarzini qoplay olmaydi va defolt (bankrot) holatiga kiradi.
“Agar AQSh va G‘arb O‘zbekistonga sanksiyalar qo‘llasa O‘zbekiston tashqi qarzini qoplaёlmaydi. Chunki tashqi qarzimizning asosiy qismi AQSh dollari hisobida. Amerika banklari dollar hisobimizdan pul echishga taqiq qo‘ysa biz tashqi qarzni to‘lay olmaymiz. Tashqi qarzni to‘lay olmasak defolt eъlon qiladi va xalqaro sudga beradi. O‘zbekistonga tegishli mulklar tortib olinadi. U eng ёmon tomoni”,
dedi iqtisodchi Boboqulov.
Iqtisodchining aytishicha, Rossiya dollarda obligasiya chiqarib sotgan, qoplash muddati kelganida uning pullarini G‘arb va Amerika muzlatib qo‘ygan. Rossiyaning uni qoplashga kuchi etsa ham o‘z valyutasini ishlata olmaydi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hozir defolt holatida. G‘arb davlatlari Rossiyaning 300 mlrd dollarga teng zaxirasini muzlatib qo‘ygan. Rossiyani uni qoplashga kuchi etsa ham o‘z valyutasini ishlata olmaydi. Uni ishlatishning esa hech qanday ilozhi yo‘q u o‘z-o‘zidan defolt bo‘ladi.
“Rossiyaning ahvoli hozir zhuda og‘ir. To‘g‘ri prezident buni yashirishga harakat qilgan. U buni huzhzhatlarida baёnotlarda noto‘g‘ri raqamlar bilan yashirishga harakat qilmoqda”,
dedi u.