Prezident Shavkat Mirziёev huzurida Turkiya Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik bo‘yicha kelgusi rezhalar ko‘rib chiqilgani haqida davlat rahbarining matbuot xizmati maъlum qildi.
O‘tgan haftada O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi va ikki mamlakat etakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha 10,1 milliard dollarga teng 158 ta yangi loyiha shakllantirilgan. Ushbu loyihalar sanoat, energetika, tog‘-kon va geologiya, transport, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘zhaligi sohalarini qamrab olgan.
Yig‘ilishda savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivozhlantirish borasida ko‘riladigan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berildi.
Xususan, ikki mamlakat o‘rtasidagi Imtiёzli savdo bitimi doirasida mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish, to‘qimachilik, charm-poyabzal, elektrotexnika, hunarmandchilik mahsulotlariga tarif va bozh stavkalarini kamaytirish, Istanbul shahrida O‘zbekistonning savdo vakolatxonasini ochish rezhalashtirilgan.
Turkiya tazhribasi asosida tog‘-adirlarni o‘zlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish hamda qishloq xo‘zhaligini sug‘urtalash tizimini zhoriy qilish, xalqaro standartlarga mos o‘zbek-turk Urug‘chilik test markazini ochish mo‘lzhallangan.
Prezident Turkiyaning yirik kompaniyalari bilan istiqbolli loyihalar portfelini shakllantirish, hududlararo hamkorlikni rivozhlantirish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.
Saudiya Arabistoni bilan ham investisiyaviy hamkorlik zhadal rivozhlanib bormoqda, qator yirik loyihalarni amalga oshirish boshlangan, sarmoyalar portfeli tobora kengayib bormoqda. Podshohlik kompaniyalari ishtirokida umumiy qiymati 24,1 milliard dollarlik 34 ta investisiya loyihasi ro‘yxati shakllantirilgan.
Mazkur loyihalar doirasida zhoriy yilda zhami 2,5 milliard dollar mablag‘ni o‘zlashtirish rezhalashtirilgan. Shu zhumladan, yil yakuniga qadar transport, raqamlashtirish, infratuzilma, sog‘liqni saqlash, energetika sohalarida qo‘shimcha 13 ta loyihalar doirasida 1,5 milliard dollar investisiya o‘zlashtirilishi kutilmoqda.
Yig‘ilishda O‘zbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar kengashi ishini yanada faollashtirish masalalariga alohida eъtibor qaratildi. Kengash doirasida shakllantirilgan ekologiya, tog‘-kon, moliyaviy hamkorlik sohalarida qiymati 6,5 milliard dollarlik yangi istiqbolli loyihalar yuzasidan muzokaralarni yakuniga etkazish va amaliy ishlarni boshlash muhimligi qayd etildi.
Prezident hisobot va rezhalar bilan tanishib, mutasaddilarga xorizhiy investisiyalarni to‘liq va sifatli o‘zlashtirish choralarini ko‘rish, loyihalarning amalga oshirilishi ustidan qatъiy nazorat o‘rnatishni topshirdi.
Investorlar bilan doimiy muloqot qilib, ular uchun maksimal darazhada qulay sharoitlar yaratish, loyihalarni amalga oshirish zharaёnida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni tizimli hal etib borish vazifasi qo‘yildi.
Avvalroq saytimizda O‘zbekiston nima uchun Evroosiё iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishni emas Turkiy davlatlar tashkilotiga qo‘shilishni afzal bilaёtgani haqida siёsatshunos Sanzhar Saidovning fikrlari berilgan edi.