“Buzruk” nomi bilan tanilgan Buzruk Akmalovich Buzrukov qo‘lga olingani haqida poytaxt IIBB xabar bergan.
““Dolzarb qirq kunlik” doirasida o‘tkazilaёtgan tergov-tezkor harakatlar davomida yana bir nechta shaxslar zhinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi. Shular zhumlasidan, 1985 yilda tug‘ilgan Buzruk Akmalovich Buzrukov”, deyiladi maъlumotda.
Qayd etilishicha, u O‘zbekiston Respublikasi Zhinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismi (bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik) bilan ayblanmoqda.
“Zhinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiёt chorasi qo‘llanilgan. Tergov davom etmoqda”, – deya qo‘shimcha qilgan boshqarma.
Buzruk Buzrukov Akmalovich 1985-yil 23-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Vikipediyaga uning o‘zi tomonidan zhoylangan maъlumotlarga ko‘ra, Buzruk Buzrukovning otasi Ortiqov Akmal Minavarovich savdo sohasida tadbirkor. Onasi Zumrad Ortiqova Mirzaxashimovna boshlang‘ich sinflar rus tili adabiёti o‘qituvchisi.
U poytaxtdagi 6-sonli maktabda o‘qishni tugatgach, Sanoat kollezhiga o‘qishga kirgan, shu bilan birga sportning kik-boks turi bilan shug‘ullanib, O‘zbekiston terma zhamoasiga kiritilgan. “Dinamo” klubida mashg‘ulot o‘tkazdi, keyin SOBR mashg‘ulotlaridan o‘tib, armiyaga borib, bir yarim yil Qo‘qon shahrida xizmat qilgan.
Shundan so‘ng mashg‘ulotlarni davom ettirib, O‘zbekistonda eng yuqori o‘rinlarni egallagan. Hatto zhahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Buzrukov 2006-2007 tay boks va kik boks bo‘yicha chempion, kik-boks bo‘yicha xalqaro sport ustasi ham hisoblanadi. 2010 yilda u Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga borib, sport biznesi bilan shug‘ullangan. 2013 yilda O‘zbekistonga qaytib, Toshkent shahrida Logistika yo‘nalishida avtoservislar kompaniyasini ochgan.