Keyingi vaqtlarda Markaziy Osiёda ketma-ket past balli zilzilalar kuzatilmoqda. Bunday kichik magnitudali silkinishlar kelazhakda kattaroq zilzilalarni keltirib chiqarmaydimi?
Uzdiplomat.uz bunga oydinlik kiritish maqsadida Seysmologiya institutidan zhavob oldi. Seysmologiya instituti laboratoriya mudiri Ulfat Nurmatovning maъlum qilishicha, bunday zilzilalar mintaqada doim bo‘lib kelgan va bundan keyin ham bo‘laveradi.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/05/photo-5323436321160686455-y.jpg)
«Markaziy Osiёda haftasiga 5-6 tadan 10 ёki 12 tagacha 4 balldan yuqori magnitudali zilzilalar bo‘lib turadi. O‘zbekiston atrofi hududlarida bir haftada o‘rtacha magnitudasi 1,5-2 dan boshlab, 4-4,5 balgacha bo‘lgan zilzilalarning soni 50-60 tadan 100 gacha etadi. Bu bir hafta davomida sodir bo‘laёtgan zilzilalar soni, xolos», – dedi u.
Nurmatovning maъlum qilishicha, kuchli zilzilalarning takrorlanish vaqtlari o‘z kuchiga qarab turlicha bo‘ladi. – «Maъlum hududdagi zilzilalar takrorlanish vaqtlari kuchiga qarab har xil bo‘ladi. Ayrim zhoylarda 15-20 yilda bitta 5 dan katta magnitudali zilzilalarni kuzatish mumkin.Shuningdek, 6-7 balldan katta zilzila sodir bo‘ladigan zonalar bor. O‘zbekistonda oxirgi kuchli zilzila sodir bo‘lganidan keyin oradan 120, 130 yil o‘tgan. Taxmin qilinadiki, mana shu zilzila yana qaytarilishi mumkin. Toshkentda 4-5 ta shunaqa zilzila qayd etilgan. 1868 yilda magnitudasi 6,4 ga teng bo‘lgan zilzila sodir bo‘lgan. 1924 yilda 5 ga yaqin 4,8 ёki 4,9 atrofidagi magnitudali zilzilalar sodir bo‘lgan. Mana 1966 yilda oxirgisi sodir bo‘ldi. 2008 yilda sodir bo‘lgan zilzila esa aynan Toshkent o‘chog‘ida bo‘lgan. Ularning takrorlanish ehtimoli yuqori», – deb aytdi mutaxassis.
Bunga misol tariqasida u o‘tgan yili Tozhikiston hududida bo‘lgan kuchli zilzilani keltirib o‘tdi. «Sarezdan keyin o‘sha hududda 3-3,5 gacha bo‘lgan zilzilalar yo‘q bo‘lib ketgan edi. Oxir-oqibatda kuchlisi sodir bo‘ldi. Faol hududda zilzilaning bo‘lmay qolish hodisasi aksincha xavotirliroq. Chunki u erda kuchlanishga imkon yig‘ilgan bo‘ladi», – dedi mutaxassis. Uning tahlillariga ko‘ra, oxirgi vaqtlarda Qozog‘istonda bo‘laёtgan zilzilalar ham o‘sha o‘choqning davomlaridir.
«Ammo bu qachon bo‘ladi bir, ikki, ёki besh yildan keyinmi, aniqlab berish imkoniyati fanda qiyinroq. O‘zbekistonning Toshkent, Farg‘ona va Andizhon viloyatlari seysmik zhihatdan eng faol nuqtalar hisoblanadi»,- dedi u.
Nurmatovning fikricha, avvallari seysmik stansiyalarning soni kam bo‘lgani uchun zilzilalar kam aniqlangan. Ammo bugungi kunda O‘zbekistonda 50 tadan oshiq seysmoprognostik markazlar faoliyat yuritib kelgani bois zilzilalarni aniqlash imkoni ko‘paygan.
«Yaqin kelazhakda bunday markazlar soni 100- 200 taga etkaziladi. Bular bo‘lganidan keyin har bir zilzilani qayd qilish imkoniga ega bo‘lamiz. Aslida o‘zi mayda zilzilalarning sodir bo‘lib turgani yaxshi. Agar bo‘lmay qolsa, yaъni hududda bir necha yil seysmik sokinlik kuzatilsa, o‘sha erda kuchli zilzila sodir bo‘lish ehtimoli oshib boradi»,- dedi Ulfat Nurmatov.
Maъlumot uchun, Toshkent shahrida 1966 yil 26 aprelь kuni magnitudasi 5,2 ga, intensivligi esa 8 ballga teng zilzila yuz bergan, natizhada 2 million kvadrat metrdan ortiq turar-zhoy, 8 kishi halok bo‘lgan, 150 ga yaqin kishi zharohatlangan, 300 ming kishi boshpanasiz qolgan.
Kuzatuvlarga ko‘ra, 1971 yili Tovoqsoyda, 1980 yili Nazarbekda, 1987 yili Oltintepada, shuningdek, 2008 va 2010 yillarda bevosita Toshkent shahrining o‘zida intensivligi 1966 yilgi zilzila bilan teng bo‘lgan erosti silkinishlari qayd etilgan.