Bugun butun dunёda vaziyat izdan chiqib bormoqda. Shu sababli ham har bir mamlakat uchun xavfsizlik masalasi zamon talabiga aylangan. O‘zining harbiy imkoniyatlarini doim ham ochiqlayvermaydigan, sir tutadigan O‘zbekiston esa o‘z tarixi davomida ilk bor harbiy imkoniyatlarining bir qismini xalqqa ko‘rsatdi.
2-4 may kunlari Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i”da “Mudofaa sohasida innovasion texnologiyalar festivali” bo‘lib o‘tdi.
Unda aytilishicha, qisqa davrda O‘zbekiston barcha harbiy zavod va korxonalarini tubdan modernizasiya qilingan, yangilarini barpo etgan hamda ularni eng zamonaviy texnologiya va uskunalar bilan zhihozlagan.
O‘zbekiston harbiy-texnik sohada 40 dan ortiq davlatlar bilan hamkorlik qiladi. 30 ga yaqin ilg‘or xorizhiy kompaniyalar bilan shartnomalar tuzgan va yana 38 ta mahalliy korxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Harbiy zavod va korxonalarda ishlab chiqarilaёtgan mahsulotlar turi esa155 taga etkazilib, xizmatlar ko‘rsatish 2,5 barobarga oshirilgan.
Mahalliy korxonalar bugungi kunda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari uchun zirhli mashinalar, dronlar, antidronlar, optik moslamalar, qattiq ximoyali harbiy kiyimlar etkazib bermoqda.