Quruvchilar uchun eng zhozibador hudud esa Yunusobod
2024 yilning yanvarь iyunь oylarida O‘zbekistonda 79.8 trln so‘mlik qurilish ishlari bazharilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Hududlar kesimida qurilish ishlarining eng ko‘pi Toshkent shahrida 19 288,6 mlrd so‘mga bazharilgan. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 110% ga ko‘p deganidir.
Toshkent shahridagi qurilish ishlarining 59,7 % ini kichik korxonalar va mikrofirmalar, 33,9 %i ni yirik korxona va tashkilotlar, 6,3 % ini norasmiy sektorlar tomonidan bazhargan.
Toshkent shahri hududlar kesimida qaraydigan bo‘lsak, eng ko‘p qurilishlar Yunusobod tumanida 3 361,3 mlrd so‘mga 795 ta qurilish korxonalari tomonidan amalga oshirilgan. Bu umumiy Toshkent shahridagi qurilishlarning 17% ini tashkil etadi.
Keyingi o‘rinda Mirobod tumani 2 667,0 mlrd so‘mga 582 ta korxona tomonidan qurilish ishlari bazharilgan. Bu Toshkent shahridagi qurilishlarning 13,8 % tashkil qiladi.
Uchinchi o‘rinda Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 159 mlrd so‘mga qurilish ishlari 893 ta korxona tomonidan bazharilgan. Bu Toshkent shahridagi qurilishlarning 11,2 % tashkil etadi.
Eng kam qurilish bo‘laёtgan tuman bu Bektemir bo‘lib, 567,7 mlrd so‘mga 181 ta tashkilot tomonidan qurilishlar amalga oshirilgan. Bu Toshkentdagi umumiy qurilishlarning 2,7 % sanaladi.
Maъlumot uchun, Toshkent shahrining o‘zida qurilish korxona va tashkilotlar soni 6726 tani tashkil etadi. Statistika agentligining 2024 yilning 1 iyunь holatidagi maъlumotlarida Toshkent shahrida 7110 tashkilot borligi aytilgan edi. Shunda bir oy ichida 384 ta tashkilot o‘z faoliyatini tugatganmi?
Uzdiplomat.uz muxbiri Statistika agentligining Ro‘yxatga olish boshqarmasi boshlig‘i Nurbek Sheraliev bilan bog‘langanida bu tashkilotlar hisobot davrida faoliyat yuritmaganini aytdi.