Antoniu Gutterish 29 iyunь kuni Markaziy Osiё davlatlariga tashrif buyuradi. Uning safari O‘zbekistondan boshlanadi. Shuningdek, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tozhikiston va Turkmanistonga boradi. Bu haqda Bosh kotibning matbuot kotibi Stefan Dyuzharrik Nьyu-Yorkdagi brifingda maъlum qilgan.
Unga ko‘ra, BMT Bosh kotibi har bir davlatning rahbarlari va boshqa yuqori martabali hukumat vakillari bilan uchrashadi, shuningdek, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga oid loyihalar bilan tanishadi va mahalliy faollar bilan muloqot qiladi.
Bundan tashqari, Antoniu Gutterish 4 iyulь kuni Ostona shahrida o‘tkaziladigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida ishtirok etadi.
Guterrish o‘z nutqida BMT Nizomi va Inson huquqlari umumzhahon deklarasiyasiga asoslangan ko‘p tomonlama tamoyillarga sodiqligini yana bir bor tasdiqlash zaruriyatini ko‘tarmoqchi. U bu saъy-harakatlarning markazida tinchlik bo‘lishi kerakligini taъkidlaydi.
BMT Bosh kotibi shuningdek, xalqaro hamzhamiyatni geosiёsiy tafovutlar umumiy tahdidlarni, zhumladan, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni samarali hal qilishga imkon bermasligidan ogohlantirish niyatida.
Uning Markaziy Osiёga tashrifi 7 iyulda yakuniga etadi