Zhoriy yilgi Hazh ziёratiga Toshkent shahrining o‘zidan ketgan ziёratchilarning 4 nafari vafot etgan. 1 kishi to‘satdan xuruzh qilgan kasallik tufayli operasiya muolazhasidan so‘ng poytaxtga qaytib ketgan. Bu haqida uzdiplomat.uz manbasi maъlum qildi.
So‘ngi kunlarda Saudiyada harorat 47- 48 darazhadan ortgani sababli amallarni bazharish qiyinlashgan. Mamlakat axborot agentligining maъlumotiga ko‘ra, Arofat tog‘idagi tibbiy markazda 225 kishi issiq urishi tashxisi bilan ro‘yxatga olingan.
Bugun Hazh ziёrati amallarining so‘nggi kunida shaytonga tosh otish uchun ziёratchilarimiz 10 km.dan ortiq piёda yurishadi.
Maъlumot uchun aytish kerakki, bu yil Hazh amallarini 1,8 milliondan ortiq musulmon bazharmoqda. Ularning 15 ming nafari o‘zbekistonliklardir.
14 iyunda boshlangan Hazh ziёratining so‘ngi kuni 19 iyunь deb belgilangan.
O‘zbekistonlik ziёratchilar oyning so‘nggi kunidan yurtimizga qaytishni boshlaydi.
Hazh qilaёtganlar orasida, Prezidentning mahsus masalalar bo‘yicha ёrdamchisi Sardor Umrzoqov, yirik tadbirkor Murod Nazarov, Rahmatilloh qori Termiziy, psixolog Mariyam Maxmudovalar ham bor.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi mavsumda dunёning turli burchaklaridan kelgan 230 kishining Makka va Madinada Hazh amallarini bazharaёtgan vaqtlarida vafot etgani maъlum qilingan.
O‘zbekiston bo‘yicha, qaysi hududdan nechi nafar fuqaro vafot etgani haqida maъlumotni birozdan so‘ng eъlon qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting.