“Markaziy Osiё hukumatlari Eronning mintaqa uchun darvoza vazifasini o‘tash taklifidan ehtiёt bo‘lishlari kerak” – The Diplomat
The Diplomat nashri Eron bilan aloqa o‘rnatish Qirg‘iziston va O‘zbekiston kabi Markaziy Osiё davlatlari uchun zhozibador bo‘lishi, ammo Tehron bilan munosabatlarning kuchayishi oxir-oqibat teskari natizha berishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Qayd etilishicha, yaqinda imzolangan va tez orada ishga tushishi kutilaёtgan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi Eron bilan aloqalarni mustahkamlashni taqazo etadi. Ammo buning bir qancha xavflari bor.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/06/4270752d42507540a2af32f4f15d18a1.jpeg)
Zhoriy yilning 21 may kuni Kaspiy siёsat markazi tomonidan tashkil etilgan 8-yillik Transkaspiy forumida Qirg‘izistonning AQShdagi elchisi Bakit Amanboev ushbu loyiha Arab dengiziga chiqish uchun Pokiston bilan bog‘lanishini iqtisodiy va izhtimoiy tomonlama “barcha uchun alohida ahamiyatga ega”ligini aytgan.
Amanboev Pokiston haqida gapirar ekan, Eron ham dengizga chiqish uchun potensial nuqta sifatida muhokama qilinganini ochiqlagan. Qirg‘iziston rasmiylari 2021 yilda Eronning Bander Abbos portiga tashrif buyurgan va Bishkek Eron orqali okeanga etib olmoqchi, degan taxminlarga sabab bo‘lgan. 2023 yilda Qirg‘iziston temir yo‘llari kompaniyasi direktori o‘rinbosari Dastan Usubaqunov ham “Biz Bandar Abbos porti orqali Fors ko‘rfazi va Tinch okeaniga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lamiz”, degan edi.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/06/5fec4d84b65af.jpg)
Yaqinda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) yig‘ilishida Eronning Tozhikistondagi elchisi Eron Markaziy Osiёning xalqaro bozorlarga kirish eshigi bo‘lishi mumkinligini aytdi. Elchi Aliriza Xagigyanning taъkidlashicha, Eron o‘z zhoylashuvini hisobga olib, Markaziy Osiёga Fors ko‘rfaziga va u erdan kengroq dunёga chiqishga ёrdam berishi mumkin.
Tehron avvalroq ham Markaziy Osiё davlatlari bilan transport infratuzilmasi aloqalarini oshirishni muhokama qilgan. Masalan, Tehron 2022 yildaёq Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘liga ulanishni taklif qilgan va 2023 yil oktyabrida Toshkent va Ashxobod bilan tranzit yo‘lagi yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqqan.
“Eron Tozhikiston bilan umuman yaqin munosabatlarga ega bo‘lsa-da Tehron Markaziy Osiёning boshqa davlatlari, xususan, Qirg‘iziston bilan ham yaqinlashishni istaydi. 2023 yilda Eronning Qirg‘izistondan noneft mahsulotlari importi ortdi. Xabarlarda Bishkekning Eron bilan aloqalarini yaxshilashdan manfaatdorligi tilga olingan.
Mazkur temir yo‘l loyihasi Qirg‘izistonni Xitoy orbitasiga olib chiqadi. Bunda qarzdorlik va Pekinga tobora ortib boraёtgan bog‘liqlik katta tashvishlar tug‘diradi. Zhaparov hukumatining repressiv harakatlari tufayli Qirg‘izistonning xalqaro obro‘siga putur etganini hisobga olsak, Bishkek-Tehron hamkorligi Qirg‘iziston uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin”,
deya ёzgan xalqaro diplomatik sayt.
Maqolada, shuningdek, Eronning O‘zbekiston bialn aloqalariga ham to‘xtalib o‘tilib, munosabatlarning chuqurlashishi mamlakat uchun tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xavflar sanalgan.
Eron O‘zbekiston bilan ham munosabatlarni yaxshilash uchun temir yo‘lga ulanish loyihalarini ilgari surishga harakat qilmoqda.
“O‘zbekiston va Eron o‘rtasida integrasiya uchun mustahkam zamin mavzhud bo‘lsa-da, O‘zbekiston-Eron munosabatlarida hamon qarama-qarshilik hidi bor”,
deya Ibroniy universiteti doktori Vladimir Mesameddan iqtibos keltirgan nashr.
Fevralь oyida Toshkentda ikki hukumat o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Bag‘iriy “ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p yillik munosabatlarning chuqurligi xalq kontekstida shakllangan va shu sababli uni buzib bo‘lmaydi”, deb taъkidlagandi. Qolaversa, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hazhmi 2023 yilda 500 million dollarga etgan.
“Markaziy Osiё hukumatlari Eronning mintaqa uchun darvoza vazifasini o‘tash taklifidan ehtiёt bo‘lishlari kerak. Buning o‘z-o‘zidan ravshan sababi shundaki, Eron AQSh, Evropa va boshqa bir qator hukumatlar tomonidan yakkalangan davlatdir. Xalqaro maydonda unga nisbatan “ёmon aktёr” sifatida qaralishida davom etmoqda. Yaqinda Isroilga qarshi uchuvchisiz samolёt huzhumlari va Eron dengiz flotining neft tankerlarini egallab olishi bilan bog‘liq voqealar Vashington bilan ziddiyatni yanada kuchaytirdi. Shunday qilib, Eron bilan aloqalar kuchayishi Markaziy Osiё hukumatlarining obro‘siga putur etkazadi”,
– deb ёzilgan maqolada.
Nashrning ёzishicha, bu ogohlantirish Qirg‘iziston uchun ayniqsa dolzarbdir. Chunki amerikalik senator Bob Menendez allaqachon Qirg‘iziston rahbariyatini Rossiyaga sanksiyalardan qochishga ёrdam berish haqida ogohlantirgan. Qirg‘izistonda zhoylashgan kompaniyalar esa Rossiya bilan aloqalari uchun sanksiyaga uchragan. Buning natizhasida G‘arb rasmiy Bishkekning Moskva bilan aloqasidan tashqari, Tehron bilan ham aloqalarni kuchaytirsa, Qirg‘izistonga yanada ko‘p sanksiyalar bilan tahdid qilishi mumkin.
“Tehronning Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston yo‘lagi bilan bog‘lanishdan manfaatdorligini kattaroq geosiёsiy kontekstga kiritish kerak. Cheklangan miqdordagi mintaqaviy ittifoqchilarga (zhumladan, boshqa xalqaro yakkalanishga uchragan Suriya,) ega bo‘lgan Eron, Markaziy Osiё kabi boshqa zhoylardan ham sheriklar va ittifoqchilar qidirmoqda. Mamlakat 2023 yilda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) aъzo bo‘lgach, g‘alabaga erishdi. Shanxay hamkorlik tashkilotiga aъzolik kelazhakda Eron harbiylarini Markaziy Osiё qurolli kuchlari bilan birga tayёrlashga ёrdam beradi. Markaziy Osiёda ittifoq tuzish Eronga xalqaro izolyasiyadan qochish va global miqёsda o‘zini qonuniylashtirishga ёrdam beradi.
Eronning Markaziy Osiёga nisbatan strategiyasi haqida ko‘p ёzilgan, baъzi tahlilchilarning taъkidlashicha, Rossiya Ukrainaga eъtibor qarataёtgan bo‘lsa, “Eron Rossiya tomonidan qoldirilgan bo‘shliqni to‘ldirishga harakat qilmoqda [va] Rossiya istilosi ham Markaziy Osiё davlatlarini iqtisodiy hisob-kitobga mazhbur qilmoqda”. Albatta, tarix va geografiya muhim rol o‘ynaydi va Eron Markaziy Osiё bilan madaniy va tarixiy aloqalarga ega. Shunga qaramay, Tehronning Markaziy Osiё uchun takliflari cheklangan”,
deya qayd etilgan maqolada.
Bundan tashqari, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi yangilik emasligi taъqidlanib, yillar davomida bir nechta noto‘g‘ri qadamlar sabab, u amaliёtga ko‘chmagani eslatib o‘tilgan.
“Demak, Zhaparovning loyiha tez orada amalga oshadi, degan optimizmi o‘rinli bo‘ladimi, buni ko‘rish kerak. Loyihada ishtirok etaёtgan uch davlat ichida Bishkek uni boshlashga eng ishtiёqli bo‘lgan ko‘rinadi (TransKaspiy siёsati forumi chog‘ida Qirg‘iziston elchisi o‘z nutqida temir yo‘l loyihasini tilga olgan yagona diplomat edi). Bu holat azhablanarli emas, chunki uning geografik zhoylashuvi hisobga olinsa, Qirg‘iziston keng dunёga chiqish uchun yangi transport yo‘laklariga tayanadi.
Biroq, temir yo‘l loyihasi qimmatga tushadi. U asosan Xitoy sarmoyasiga va Bishkekning boshqa manbalardan, zhumladan, xalqaro kredit tashkilotlaridan moliyaviy ёrdam olish qobiliyatiga tayanadi. Mamlakatning iqtisodiy ahvoli va xalqaro imidzhining ёmonlashishini hisobga olsak, xalqaro moliyaviy ёrdam olish qiyin bo‘lishi mumkin”,
degan argumentlar keltirib o‘tgan The Diplomat.
Nashr maqolaga yakun asar ekan, qimmatbaho va murakkab xalqaro temir yo‘l layihasi qurilishi nihoyat boshlanib, Markaziy Osiё hukumatlari (ayniqsa Qirg‘iziston) geosiёsatning ahamiyatini va global tartibsizlikning hozirgi holatini unutmasligi kerakligini uqtirgan. Uning aytishicha, Eron bilan bog‘lanish zhozibador bo‘lishi mumkin, ammo Tehron bilan munosabatlarning kuchayishi oxir-oqibat teskari effekt berishi ehtimoldan holi emas.