Turkiyalik siёsatchi, Bursa shahridan Buyuk Millat Mazhlisi deputati Osman Mesten O‘zbekiston haqida nutq so‘zladi.
“O‘zbekiston – buyuk Turkistonning qalbidir. Bizning azhdodlarimiz milodiy XI asrlarda Onado‘liga aynan ushbu zamindan kelganlar va Onado‘lini Vatanga aylantirganlar. Qariyb ming yildan beri farqli mintaqalarda yashasak-da, tilimiz, dinimiz, anъanalarimiz o‘zgarmagan, Movarounnahrdagi qardoshlarimiz bilan aloqa hech qachon uzilmagan.
O‘zbekiston – Ibn Sino, Farobiy, Beruniy, Xorazmiy, Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek kabi bugungi maъrifat asrining asoslarini yaratgan matematika, astronomiya, tibbiёt kabi aniq fanlar qatori izhtimoiy va diniy ilmlarda katta iz qoldirgan, kashfiёtlar qilgan, tarixni yo‘naltirgan, necha necha buyuk olimlarning yurtidir”,
degan u.
Shuningdek, deputat Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Imom Marg‘inoniy, Imom Saraxsiy, Imom Zamaxshariy, Alloma Taftazoniy kabi eng buyuk ulamolar ham ushbu zaminda etishganini ham eslatib o‘tar ekan, O‘zbekistonning dunёga mashxur allomali zhuda ko‘p ekanini taъkidlagan.
“Xo‘zha Ahmad Yassaviy, Nazhmiddin Kubro, Burhoniddin Muhaqqiq Termiziy, Abdulxoliq G‘izhduvoniy, Amir Kulol, Ubaydulloh Ahror, Naqshbandiy singari tasavvuf osmonining yulduzlari ham ushbu zaminda yetishgan.
O‘zbekiston – Amir Temur, Zhaloliddin Xorazmshoh, Mirzo Bobur, Abulg‘oziy Bahodirxon kabi buyuk fotih va davlat arboblarining yurtidir”,
degan Turkiyalik siёsatchi.