Ichki ishlar vazirligining maъlum qilishicha, oxirgi vaqtlarda dunёning turli mamlakatlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlaridan so‘ng O‘zbekiston hamda qo‘shni davlatlar fuqarolariga internet izhtimoiy tarmoqlari orqali pul mukofoti evaziga savdo va ko‘ngilochar markazlar, maktablar va boshqa zhamoat zhoylarini minalashtirish taklif qilingan xabarlar kelib tushmoqda.
“Bu kabi provokasion xabarlar asosan «Telegram» messenzheri orqali yuborilib, unda nomaъlum shaxslar turli miqdorda pul to‘lash, qurol-yarog‘ bilan taъminlash va harakatlar rezhasini yuborishga vaъda berib, ushbu harakatlarga rad zhavobini eъtiborga olmaydilar. Eng xavfli zhihati shuki, ёvuz niyatli shaxslarning xabarlari ko‘p hollarda bolalarga yuborilmoqda. Shuningdek bolalarning shaxsiy maъlumotlari orqali ularni qo‘rqitish holatlari kuzatilmoqda. Provokatorlar o‘zlarining fotosuratlari va raqamlarini yashirgan holda faoliyat yuritadilar”,– deya maъlum qilingan Ichki ishlar vazirligi ogohlantirishida.
Vazirlikning qayd etishicha, firibgarlar bu kabi xatti-harakatlarni zhamoatchilik orasida vahima uyg‘otish uchun amalga oshirmoqda. Respublika huquq-tartibot organlari esa xavfsizlikka bo‘lgan har qanday tahdidlarni bartaraf qilish borasida o‘z vakolatlari doirasida barcha choralarni ko‘rmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Agarda Sizga bu kabi xabarlar kelib tushsa vahimaga tushmang va ularni ochiq chatlar, tanishlaringiz va do‘stlaringizga yubormay, darhol «102» raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, ichki ishlar organlariga xabar bering. Xabar yuboruvchilarni bloklang va ular bilan ёzishma va suhbatga kirishmang”,– deya ogohlantirmoqda vazirlik.
Eslatib o‘tamiz, zhoriy yilning 29 mart kuni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi respublika hududi bo‘ylab odamlar gavzhum zhoylarda tartib kuchaytirilganini eъlon qilgan edi.