Bugun, 29 mart kuni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi respublika hududi bo‘ylab odamlar gavzhum zhoylarda kuchaytirilgan tartib zhoriy etilganini eъlon qildi.
Unga ko‘ra, endilikda madaniy ko‘ngil ochar maskanlari, yirik savdo markazlari va dehqon bozorlari, qolaversa xiёbonlar, sport inshootlari hamda maszhidlar atrofida nazorat kuchaytiriladi.
“Guvohi bo‘laёtganimizdek, zamonamizda ro‘y beraёtgan ayanchli voqeliklar makon ёki zhoy, millat ёki ёsh tanlamayapti. Biz tinch va osoyishta, dorilamon kunlarda yashar ekanmiz, yurtimizni turli tashqi taъsirlardan, ёmon niyatli kimsalardan himoya qilishga o‘zimizni daxldor his etishimiz muhim hisoblanadi.
Yaqin o‘tmish xalqimiz uchun iztirobli, alamli xotiralar bilan muhrlangan 16 fevralь voqealariga, Sariosiё tumanidagi terroristik tahdidlarga, Andizhondagi xunrezliklarga guvoh bo‘lgan. G‘arazgo‘y, vatansiz kimsalarning bu harakati tarixga qonli terror sifatida muhrlangan”, – deya ёzilgan Ichki ishlar vazirligi maъlumotida.
Vazirlik bu kabi ko‘ngilxiraliklar dunёning boshqa rivozhlangan davlatlarida ham ko‘p bora sodir bo‘lganini alohida qayd etar ekan, ayrim davlatlar haligacha urush alangasida qolaёtganini eslatgan va fuqarolarni ogohlikka chaqirgan.
- «Zhamoat zhoylarida shubhali ko‘ringan shaxslarga eъtibor qaratishimiz hamda ular haqida zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishimiz muhim.
- Undan tashqari, turli manzillarda qarovsiz qoldirilgan har qanday buyumni eъtibordan chetda qoldirmasdan, ular haqda darhol 102 raqamiga xabar berish lozim.
- Va albatta, zhamoat zhoylarida xizmat vazifasini bazharib, zhamoat xavfsizligini taъminlaёtgan huquq posbonlarining qonuniy talablarini eъtirozsiz bazharish zarur”, – degan vazirlik.
Shuningdek, Samarqandda ham zhamoat zhoylarida xavfsizlik choralari kuchaytirilgani haqida xabar qilindi.
Maъlumot uchun, 22 mart kuni Rossiya poytaxti Moskvada terrorchilik harakati sodir bo‘lgach, mamlakat bo‘ylab xavfsizlik choralari kuchaytirilgan edi.
Ko‘p o‘tmay Turkiya ham xuddi shunday kuchaytirilgan tabdirlarni zhoriy etdi.