Avvalroq Uzdiplomat.uz Hindistonning Bangalor shahrida o‘zbekistonlik aёlning zhasadi topilgani haqida xabar bergan edi. “Dunё” AAning xabar berishicha, O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi mazkur holatni o‘z nazoratiga olgan.
Qayd etilishicha, vafot etgan aёl 1997 yil Qashqadarё viloyatida tug‘ilgan.
“Diplomatik missiyasining konsullik bo‘limi ushbu zharaёnni o‘z nazoratiga olgan. Elchixona tomonidan zarur konsullik-huquqiy ёrdam ko‘rsatilishini tashkil etish maqsadida marhumaning oila aъzolari bilan aloqa o‘rnatish choralari ko‘rilmoqda”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi Bengalor shahri polisiyasi idorasi vakillari bilan tezkor tarzda aloqa o‘rnatgan va holat bo‘yicha oydinlik kiritish harakatlarini amalga oshirmoqda.
Shuningdek, elchixona ushbu voqea yuzasidan maъlumotlarga ega bo‘lganlardan dipmissiya konsullik bo‘limiga murozhaat qilishlarini so‘ragan.