1998 y.t. Ukraina fuqarosi va 2001 y.t. Ozarbayzhon fuqarosi vaqtincha istiqomat qilaёtgan Yuqori Chirchiq tumanidagi xonadonda 411 gr. “Alьfa-PVP” sintetik giёhvandlik vositasi, 7 kg.ga yaqin yarim tayёr narkotik moddalar hamda 237 kg. prekursorlar borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Maъlum bo‘lishicha, ular ushbu manzilda yashirin narkolaboratoriya tashkil etib, xorizhdan keltirilgan xom-ashёlar ёrdamida sintetik giёhvandlik vositalarini tayёrlash va sotish bilan shug‘ullanishgan.
Sergeli tumanida qayd etilgan holatda, qo‘shni respublikadan xalqaro yo‘lovchi tashuvchi avtobus orqali yuborilgan 4 kg. 799 gr. “Alьfa-PVP” sintetik narkotikni qabul qilib olgan vaqtida mazkur tumanda yashovchi, 1985 y.t. shaxs qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, u “Telegram” messenzherida faoliyat yurituvchi narkodo‘kon uchun ombor vazifasini bazharib kelgan.
Boshqa holatda esa, Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi, 1999 y.t. tug‘ilgan shaxs o‘zining yashash xonadoni yaqinida zhoylashgan elektr transformatori ostiga kelgusida sotish maqsadida 584 gr. “gashish” moddasini yashirib qo‘yganligi aniqlanib, ushbu giёhvandlik vositasi prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Mazkur fuqaro “Telegram” messenzherida narkodo‘kon tashkil qilib, xorizhdan olib kelingan giёhvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan.