Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonning Zhahon Savdo Tashkilotiga aъzo bo‘lish ustuvorligini belgilash bo‘yicha qatъiy mazhburiyatini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning savdo rezhimini ZhST qoidalari hamda tamoyillariga moslashtirish bo‘yicha olib borilaёtgan ichki islohotlarga ko‘mak berishga vaъda berdi. Bu haqda AQSh Savdo vakili Ketrin Tayning O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha bergan baёnotida maъlum qilingan.
Baёnotga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning zhoriy yilda ZhST bozoriga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarda erishilgan yutuqlaridan mamnun bo‘lganini va bu muzokaralar yakunlanishi ikki mamlakat uchun manfaatli bo‘lishini bildirgan.
Tay AQShning go‘sht va parrandachilik korxonalari o‘z maxsulotlarini O‘zbekistonga eksport qilaёtganini alohida taъkidlagan.
“AQSh savdo vakili O‘zbekistonning ZhSTga aъzo bo‘lish zharaёnini tezlashtirish maqsadida savdo bilan bog‘liq intellektual mulk bo‘yicha davom etaёtgan yutuqlarini qayd etdi. O‘zbekiston intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va qo‘llash sohasidagi barqaror yaxshilanishi tufayli maxsus 301 kuzatuv ro‘yxatidan chiqarilgan”,
deyilgan baёnotda.
Bundan tashqari, O‘zbekiston intellektual mulk huquqlari masalalari, mamlakatda kontrafakt tovarlarning ko‘payishi kuzatilaёtganini hal qilish bo‘yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayёrligini bildirgan.
Shuningdek, AQSh O‘zbekistonning bugungi kungacha milliy qonunchilik va amaliёtini ZhST kelishuvlariga muvofiqlashtirish borasidagi saъy-harakatlarini ham eъtirof etgan.
“Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekiston aёllarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish hamda nogironlar huquqlarini taъminlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish mazhburiyatini oldi. Bunda savdo afzalliklari barcha ishchilarga taalluqli bo‘lishini va taъminot zanzhiri barqarorligini taъminlash muhimligi taъkidlandi”,
deyilgan Ketrin Tay baёnotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya va Isroil ham O‘zbekistonni ZhSTga aъzo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlagan edi.