O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Malayziya kabi musulmon o‘lkalari so‘nggi yillarda avzh olaёtgan bitkoin, notkoin va kriptovalьyutalarning halol ёki halol emasligi borasida o‘zaro bir to‘xtamga kelolmayapti va bu bo‘yicha turlicha fatvo chiqarmoqda.
Masalan, 3 iyunь kuni O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Fatvo markazi Islom dinida bitkoin, notkoin va boshqa kriptovalyutalarda savdo-sotiq qilish sharъan zhoiz emasligini eъlon qildi.
Qayd etilishicha, ushbu kriptovalyutalarda shariat tomonidan pulga qo‘yilgan talablar topilmaydi.
“Kriptovalyuta — tranzaksiyalarni himoya qilish va yangi birliklarni yaratishni nazorat qilish uchun kriptografiyadan foydalanadigan raqamli ёki virtual valyuta bo‘lib, ularni biror davlat ishlab chiqarmagani ёki rasman tan olmagani, narxining keskin o‘zgaruvchanligi hamda unda qimor alomatlari borligi u bilan muomala qilish harom ekaniga asos bo‘ladi.
Markaz hozirda faqat elektron ko‘rinishda mavzhud bo‘lgan «raqamli pul»lar vaqt o‘tishi bilan shariatga muvofiq tovar va pulga qo‘yilgan shartlarga to‘liq zhavob bera olsa, shundagina ulardan foydalanishning hukmi ham o‘zgarishi mumkin. Demak, kriptovalyutalarning hukmi halol bo‘lmaguncha musulmonlar bu pullar bilan savdo qilmay turishlari lozimdir”,
deyiladi xabarda.
Fatvo markazining eslatishicha, kriptavalyutalar savdosi hozirga qadar Dunё musulmon ularmolari birlashmasi, Saudiya Arabistoni kibor ulamolari hayъati, Misr «Dorul ifto» fatvo markazi, Iordaniya fatvo idorasi, Turkiya diёnat ishlari boshqarmasi fatvo markazi, Liviya fatvo uyi va Falastin fatvo markazi kabi fatvo uyushmalar tomonidan harom deb eъlon qilingan.
Ammo Saudiya Arabistonida mazkur mazmundagi fatvo ancha munozarali.
Masalan, Saudiya Arabistonining 90 ёshli salafiy ulamosi, qirollikdagi oliy diniy hokimiyat bo‘lmish Katta olimlar kengashi aъzosi shayx Abdulloh bin Sulaymon al-Manea 2018 yildaёq Bitkoinni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Shayx al-Manea 2018 yilda Bitcoinni islomda maqbul deb topib, fatvo chiqardi. U o‘z fatvosida Bitcoin haqidagi keng tarqalgan eъtiroz va noto‘g‘ri tushunchalarga to‘xtalib, nima uchun uni valyutaning haqiqiy shakli deb bilishini tushuntirgan.
«Birinchidan, Bitcoin shunchaki illyuziya ёki virtual mavzhudot emas, balki qiymat va foydalilikka ega bo‘lgan haqiqiy aktiv ekanligini aytgan. U Bitcoinni oltin va kumushga qiёslab, ular ham odamlar tomonidan pul sifatida qabul qilinadigan kam va o‘zgaruvchan tovar. Bitcoin oltin va kumushga o‘xshaydi, chunki uni qazib olish, almashtirish va saqlash mumkin”,
degan u.
Saudiya Arabistonining yana bir Salafi sunniy ulamosi Abdurahmon bin Nosir al-Barrak raqamli valyutalarni chek ёki naqd pulga qiёslagan va ularni Xudoning hukmiga topshirish kerakligini aytgan. U bitkoin islom qonunlariga zid emasligi haqida fatvo chiqarib, Bitcoin ortidan Saudiyaning suveren boylik zhamg‘armasiga pullar oqib tushishi mumkinligini bildirgan.
Shuningdek, Saudiya shahzodasi Muhammad bin Salmonning ham kriptovalьyutalarga eъtirozi yo‘qligi va kriptovalyutalarga sarmoya kiritish Saudiya Arabistonini AQSh dollariga qaramlikdan qutqarishi mumkin, degan fikrdaligi aytiladi.
Bularning bariga zid ravishda Saudiya musulmonlari Fatvo kengashi Islom shariati bo‘yicha diniy olimning fikri, qonuniy hukm emasligi, bunday raqamli valyutalar Islom qoidalariga zid ekani haqida fatvo chiqaradi.
Shuningdek, Misr Bosh muftiysi Shayx Shovki Allam Bitcoinga qarshi qatъiy pozisiyani egallab, uning aniq o‘zgaruvchanligi va tartibga solinmaganligi sababli firibgarlik xavfi yuqori ekanligini taъkidladi.
Shunga o‘xshash tarzda Turkiya hukumatining Din ishlari bo‘yicha boshqarmasi Bitcoinni harom deb belgilovchi diniy farmon chiqardi.
Bundan tashqari, Pokistonlik islom olimi Muftiy Taqi Usmoniy Bitcoin kabi kriptovalyutalarga shubha bilan qarashini bildirgan.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/06/image-724x1024-1.jpg)
Ammo Bitkoinning harom tasnifiga qo‘shilmagan baъzi olimlar kriptovalyutaning markazlashmagan tabiatiga eъtibor qaratib, bu markaziy hokimiyat tomonidan ekspluatasiya va korrupsiyaning oldini olishini aytmoqda. Shuningdek, ular Bitcoin tranzaksiyalarining shaffofligini va Bitcoin islomiy talablarga zhavob berishini aytib, unga egalik qilish, saqlash oson ekani, bitkoin musulmonlarni G‘arb va Amerika valьyutalariga qaramlikdan qutqarib, tizhorat qiymatiga egaligini aytmoqda.
Muftiy Muhammad Abu-Bakar:
Muftiy Muhammad Abu-Bakar, shariatga rioya qilish bo‘yicha mutaxassis va tadqiqotchi, Bitcoinning zhoizligi haqida nozik fikrni taklif qiladi. U moliyaviy bozorlarda uning qiymati va mavzhudligini tan olib, ko‘plab savdogarlar buni qabul qilishini va uni har qanday valyuta kabi almashtirish mumkinligini taъkidlaydi. Abu-Bakarning tahlili bitkoinning tizhorat qiymatini va islomiy boylik taъrifiga mos ravishda egalik qilish va saqlash qobiliyatini tan oladi. U uning o‘zgaruvchanligi va rivozhlanaёtgan sanoatga xos bo‘lgan xavf-xatarlarga oid xavotirlarni rad etmasa ham, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlashdan ko‘ra ehtiёt bo‘lishni maslahat beradi. Uning taъkidlashicha, Bitcoindan masъuliyat bilan foydalanilsa va islomiy moliya tamoyillariga zid keladigan spekulyativ amaliёtlar bilan shug‘ullanmasa, Islomda zhoiz bo‘lishi mumkin.
Xavfsizlik komissiyasining Malayziyadagi Shariat maslahat kengashi bo‘limi ham bitkoinning halol ekani haqida fatvo berdi.
Malayziyadagi Shariat maslahat kengashi islom qonunlari bo‘yicha bitkoinning zhoizligi bo‘yicha izhobiy pozisiyani egalladi. Kengash muhokamalari bitimlar Shariat tamoyillariga mos kelishi sharti bilan bitkoinni savdo va sotib olish uchun qonuniy vosita sifatida tan olinishiga olib keldi.
Shimoliy Amerika Fiqh Kengashi:
Shimoliy Amerika Fiqh Kengashining bitkoin va boshqa kriptovalyutalarning islom qonunlariga ko‘ra halol ekanligini eъlon qildi. Ularning deklarasiyasi raqamli valyutalarni islom moliya qonuni bilan uyg‘unlashtirish mumkinligini ko‘rsatib, kriptovalyutalarning axloqiy moliyaviy amaliёtlarga integrasiyalashuvi potensialini taъkidlaydi.
Bundan tashqari Londonda zhoylashgan Sheklvell Leyn maszhidi ulamolari ham Bitcoin va boshqa kriptovalyutalarda xayr-ehsonlarni qabul qilib, maszhid rahbarlari kripto aktivlarining islom qonunlariga mos kelishiga ishonishlarini bildiradilar.
Ular maszhidning ilg‘or pozisiyasini va yangi moliyaviy texnologiyalar bilan shug‘ullanish istagini namoyish etishini bildirgan.
Bitkoin, notkoin va boshqa kriptovalyutalarda savdo-sotiq qilish sharъan zhoiz emasligini Islom dinida bitkoin, notkoin va boshqa kriptovalyutalarda savdo-sotiq qilish sharъan zhoiz emasligini eъlon qilgan O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Fatvo markazi oradan yarim soat o‘tar-o‘tmas o‘z fatvosini qaytarib oldi va oldingi fatvoni o‘chirib tashladi.
Unga ko‘ra, markazi tomonidan “KRIPTOVALYuTALAR SAVDOSI ZhOIZMI?” degan mavzuda savol-zhavob loyihasi texnik sabablarga ko‘ra, ehtiёtsizlik oqibatida izhtimoiy tarmoqlarda eъlon qilingan.
“Fatvo markazi direktori Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va u kishining o‘rinbosarlari muborak hazh safarida ekani, mazkur fatvo loyihasi atrofidagi ilmiy-tadqiqot ishlari hali nihoyasiga etmagani va shuningdek, zamonaviy masalalarni keng qamrovli o‘rganish ishlari olib borilaёtganini bildiramiz.
Siz azizlardan uzr so‘ragan holda ushbu fatvo ustidagi ilmiy tadqiqotlarni nihoyasiga etkazib, qayta eъtiboringizga havola qilinishini maъlum qilamiz”,
deyilgan xabarda.
Shunday qilib dunё musulmonlarining, xususan O‘zbekiston musulmonlar idorasining ham bitkoin masalasida ikkilanishi davom etmoqda.
Bu esa bitkoinlar bilan muomalaga allaqachon ruhsat etgan dunё musulmon davlatlari hukumatlari va diniy idora fatvolari o‘rtasida fuqarolarning ham ikkilanishiga olib kelmoqda.