Avvalroq Uzdiplomat.uz Tailand ommaviy axborot vositalariga tayanib, mamlakat iqtisodiёtini rag‘batlantirish maqsadida Hukumat viza qoidalarini yumshatishni o‘z ichiga olgan iqtisodiy rag‘batlantirish rezhasini eъlon qilgani haqida xabar bergan edi. Unga ko‘ra, Tailandga 60 kungacha vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar soni amaldagi 57 tadan 93 taga ko‘payadi, 36 ta yangi davlatlar qatoriga O‘zbekiston ham kiritilgan.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mazkur xabar yuzasidan tushuntirish berdi va bu rezhim hozircha kuchga kirmaganini maъlum qildi.
“Ushbu masala bo‘yicha mamlakatimizning Bangkokdagi bosh konsulxonasi Tailand Tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘landi. Tailand TIV Konsullik departamenti maъlumotiga ko‘ra, viza rezhimining uzaytirilishi to‘g‘risida hozircha rasman hech qanday maъlumot eъlon qilingani yo‘q”,
deya ёzgan vazirlik.
TIVning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston tomoni vizasiz rezhim bo‘yicha Tailand hukumati qaror imzolagan.
“Tailand TIV mintaqaviy boshqarmasi maъlumotiga ko‘ra, viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha hukumat qarori mavzhud va bu bo‘yicha Konsullik departamenti tomonidan Tailandning xorizhdagi diplomatik vakolatxonalariga tegishli yo‘riqnoma yuboriladi va TIV saytida rasmiy maъlumot chop etiladi”,
deya qo‘shimcha qilgan vazirlik.
Shuningdek, bir tomonlama zhoriy etilaёtgan viza rezhimini soddalashtirish tartibi maъlum muddatdan so‘ng bekor qilinishi ham mumkin. O‘zbekiston TIV Tailand tomonidan rasmiy nota olinishi bilan qo‘shimcha xabar berishini aytib o‘tgan.