Xalqaro sunъiy yo‘ldosh aloqa xizmati provayderi (SES)ning GEO sunъiy yo‘ldoshi NSS-12 orqali butun O‘zbekiston bo‘ylab misli ko‘rilmagan ulanish xizmatlarini taqdim etadi.
Bu bo‘yicha u O‘zbekiston Respublikasining Milliy keng polosali sunъiy yo‘ldosh xizmati provayderi UzSat kompaniyasi bilan maxsus shartnoma imzolangan.
Shartnomaga ko‘ra, ushbu hamkorlik butun mamlakat bo‘ylab mobil qayta aloqa xizmatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
“Ushbu shartnoma doirasida UzSat raqamli tafovutni bartaraf etish uchun SES’ning ishonchli sunъiy yo‘ldosh aloqalaridan foydalanadi, ayniqsa, mavzhud er usti tarmoqlari bilan taъminlanmagan chekka va qishloq hududlarida. Ushbu tashabbus raqamli texnologiyalarni rivozhlantirishga qaratilgan bo‘lib, hatto eng chekka hududdagi aholi vakillari ham internetga bemalol va tizimli ulanishdan foyda ko‘rishini taъminlaydi”
– deyiladi Satellite xabarida.
Shuningdek, bu kelishuv zilzila va suv toshqinlari kabi tabiiy ofatlardan tez-tez zarar ko‘radigan hududlar uchun foydali bo‘lib, O‘zbekistonning tabiiy ofatlarga chidamliligini ham oshiradi.
“SES sunъiy yo‘ldosh texnologiyasi UzSat’ga muhim aloqa tarmoqlarini tezda tiklash, favqulodda vaziyatlarda uzluksiz xizmat ko‘rsatish va muhim aloqa infratuzilmasini himoya qilish imkonini beradi”
deya ёzilgan xabarda
Maъlumot uchun, O‘zbekiston Xalqaro sunъiy yo‘ldosh aloqa xizmati provayderi (SES) bilan bir necha yillardan beri hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib boradi. Masalan, zhoriy yilning aprelь oyida ham “RRTM” DUK va SES kompaniyasi o‘rtasida Sunъiy yo‘ldosh orqali teleradioeshittirish va maъlumotlarni uzatish yo‘nalishida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borilgan.
“RRTM” DUK 2015 yidan buёn SES kompaniyasi bilan hamkorlikda NSS12 suniy yo‘ldosh aloqa tizimidan foydalangan holda respublikamizning aloqa infrastrukturasi mavzhud bo‘lmagan, olis aholi yashash hududlarida o‘rnatilgan kam quvvatli uzatkichlarga televizion signallarini etkazib berish orqali umumfoydalanishdagi teleradiokanallar qamrovi bilan taъminlash bilan birga, Markaziy Osiё va Kaspiy hududlarida ham ochiq formatda teleradiokanallarni ko‘rish imkoniyatlari yaratilgan.
Bugungi kunda NSS12 suniy yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ochiq formatda umumfoydalanishdagi televizon paketidagi 12 ta telekanallar (O‘zbekiston-24, O‘zbekiston, Ёshlar, Sport, Maъdaniyat va maъnaviyat, Dunё bo‘ylab, O‘zbekiston tarixi, Bolazhon, Mahalla, Kinoteatr, Navo, Foreign Languages) va 4 ta radiokanal (O‘zbekiston-24, O‘zbekiston, Ёshlar, Mahalla) hamda Halq taъlim vazirligining 3 ta onlayn-maktab rukni ostida telekanallar uzatilishi taъminlab kelinmoqda.