Rossiya ikki davlatni o‘zaro rublda savdo qilishga taklif etmoqda. Iqtisodchi
To‘lqin Boboqulovning aytishicha, bu O‘zbekiston uchun bir qancha xavflarni yuzaga chiqaradi.
Birinchisi, O‘zbekiston tashqi qarzini AQSh dollarida, evro va Yaponiya ienida to‘laydi. Tashqi qarzni to‘lash uchun esa mamlakat faqat yuqoridagi 3 turdagi valyutani topishdan kerak;
Ikkinchisi, Rossiyaga qo‘llanilaёtgan ketma-ket sanksiyalar ortidan yaqin kelazhakda rublning keskin tushib ketish xavfi bor;
Uchinchisi, Federasiya valyuta fondi oldidagi mazhburiyatlarini bazhara olmasligi mumkin.
Iqtisodchining fikriga ko‘ra, Rossiya va Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkori hisoblanadi. Federasiya G‘arb sanksiyalaridan keyin moliyaviy zhihatdan og‘ir ahvolga tushib qolgan. Chunki dunёdagi etakchi ettita valyutaning barchasi Rossiyaga qarshi sanksiyaga qo‘shilgan.
Hukumat etakchi valyutalarni olishi imkoni bo‘lmaganidan va xalqaro moliyaviy bozorlariga kiritilmagandan keyin, Federasiya o‘zining hamkorlari — Xitoy, Turkiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston kabi mamlakatlar bilan milliy valyutalar bilan hisob-kitob qilishga mazhbur bo‘lmoqda
-dedi u.
Agar Rossiya iqtisodiy krizisga kirsa, Xitoy unga ёrdam bera olmaydi. Bunga esa ikkita sabab bor.
Birinchi sabab Rossiya Xitoy uchun asosiy tashqi hamkor hisoblanmaydi. 2023 yil yakuni bo‘yicha Xitoyning tashqi savdo aylanmasida Rossiyaning ulushi bor yo‘g‘i 4% tashkil qilgan. Xitoyning esa 6 trillion dollarlik tashqi savdosi bor.
Ikkinchi sabab, Xitoyning 2023 yilgi eksportining 1/3 qismi Amerika va Evropa Ittifoqi davlatlariga to‘g‘ri keladi. «Xitoyga sanksiya qo‘llaymiz, masala allaqachon hal bo‘ldi»,- demoqda Blinken. Agar AQSh Xitoyga sanksiya qo‘llasa, Evropa Ittifoqi davlatlari bunga qo‘shiladi. Evropa Ittifoqi qo‘shilgandan keyin ikkita bozor ёpiladi va to‘g‘ridan to‘g‘ri Kanada bozori ham ёpiladi. Avstraliya va Yaponiya bozori ham ёpiladi. Natizhada Xitoyda minglab qurilgan eksport qilish mo‘lzhallangan zavodlar sinadi. Xitoy aniq bankrot bo‘ladi. U erda og‘ir vaziyat boshlanadi, hatto bu zhanzhalga aylanib ketishi ham mumkin. Bu Xitoy kommunistik partiyasiga ham zhiddiy xavfni keltirib chiqaradi
dedi iqtisodchi.
Boboqulovga ko‘ra, Xitoy Rossiya uchun buni qilmaydi.