Rossiya Afg‘onistondagi “Tolibon”ni terrorchilik harakati tashkiloti safidan chiqarishi mumkinligini bildirmoqda. AQSh Rossiyaning bu harakati yaxshilikka olib kelmasligini aytmoqda. So‘nggi yillarda yaqin aloqa o‘rnatib kelaёtgan O‘zbekiston bu borada qanday pozisiyada?
Rossiyaning Afg‘oniston bo‘yicha diplomati Zamir Kobulovning maъlum qilishicha, Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar va Adliya vazirligi Putinga “Tolibon” harakatini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishni tavsiya qilgan. Bu haqda TASS xabar berdi.
Advokat Dmitriy Agranovskiyning TASSʼga maъlum qilishicha, “Tolibon” harakatini (Rossiya Federasiyasida) terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqarib tashlash faqat Rossiya Oliy Sudining qarori bilan amalga oshadi.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, “Tolibonni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarib tashlash tashabbusi obъektiv voqelikni aks ettiradi.
“Tolibon” Afg‘onistondagi haqiqiy kuch va real hokimiyat hisoblanadi. Rossiya Federasiyasi bunga befarq emas”,
degan u.
Bundan tashqari, Medvedovning TASSga bergan intervьyusida Rossiya “Tolibon” hukumati bilan keng ko‘lamli munosabatlar o‘rnatishga yaqinligini aytgan.
Ammo, Qo‘shma shtatlar Rossiya Tolibonni tan olish niyatida emasligini maъlum qilgan. Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Zhon Kirbining qo‘shimcha qilishicha, Rossiya harakatni tan olishi “boshqalarga ёmon signal” berishi mumkinligini aytgan.
Rossiya etakchisi Putin O‘zbekistonga davlat tashrifini yakunlash arafasida zhurnalistlar bilan tashkil etilgan uchrashuvda Afg‘onistonda muammolar borligini va buni inkor etib bo‘lmasligini aytgan.
U bu haqda izoh bermasligini, shuningdek, «Tolibon» va Afg‘oniston masalasi doimiy kun tartibida turganini taъkidlagan.
Siёsatshunos Suhrob Bo‘ronov esa, Kremlь maъmuriyati “Tolibon” bilan yanada yaqinlashishga, katta ehtimol bilan Afg‘on siёsiy sahnasida muhim o‘yinchiga aylanish istagi mavzhudligi aёn bo‘laёtganini aytgan.
Rossiya “Tolibon”ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarmoqchi. Bu orqali Federasiya Afg‘oniston bilan aloqalarni yanada mustahkamlashga harakat qiladi. Ammo bu rus hukumatining “Tolibon”ni davlat sifatida tan olishini bildirmaydi”,
dedi siёsatshunos Suhrob Bo‘ronov.
Uzdiplomat.uz O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘langanida vazirlik O‘zbekiston hech qachon “Tolibon”ni terrorchi tashkilot sifatida ko‘rmaganligini aytgan.
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan doimo izhtimoiy-iqtisodiy hamkorlik qilib kelgan”,
dedi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov.
Eslatib o‘tamiz, dunёdagi aksar mamlakatlarda terror tashkiloti deb topilgan “Tolibon” harakati 2021 yil avgustida Kobulni egallab olib, Afg‘oniston bo‘ylab o‘z hukmronligi o‘rnatgan edi. O‘shanda Afg‘oniston “Islom amirligi” deb eъlon qilingan.