Yaqin kelazhakda Turkiy davlatlar ham NATOga monand harbiy tashkilotga asos solishi mumkinmi?
Zhoriy yilning iyulь oyida Qozog‘istonda “Birlestik 2024” harbiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tishi rezhalashtirilgan. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tozhikiston hamda Ozarbayzhon davlatlarining harbiylari ham mashg‘ulot o‘tashi kutilmoqda. Bu harbiy mashg‘ulotlar “Turon armiyasi” haqidagi taxminlarning haqiqatga aylanaёtganini anglatadimi? Uzdiplomat.uz muxbiri mazkur savollarga siёsiy sharhlovchi Abduvali Soibnazarov bilan zhavob izladi.
“Bu tashabbus ko‘proq Turkiya davlati tomonidan ilgari surilgan. Chunki, davlatning taъsiri 2016-2017 yillardan boshlab, Markaziy Osiёda kuchaygan. Buning sababi O‘zbekistonning ochiqlik va pragmatik siёsati hamda dunёning barcha mamlakatlari bilan yaqinligi O‘rta Osiёda o‘z mavqeini kuchaytira boshlashi bilan izohlanadi. Shundan keyin, Turon armiyasi haqida turli fikrlar zhurnalist va ekspertlar tomonidan bo‘rttirib ko‘rsatildi”, – deydi siёsiy sharhlovchi.
Shuningdek, u Turkiya oldin ham Turon armiyasini tashkil etish tashabbusi bilan chiqqanini, ammo mamlakat NATO tashkilotiga aъzo bo‘lgani uchun buni amalga oshishi qiyin ekanligini aytadi.
“Turkiya oldin ham Turon armiyasini tashkil etish tashabbusi bilan chiqqan, ammo bu g‘oya hozirgacha qotib qolgan. Sababi Turkiya NATO tashkilotining eng muhim aъzolaridan biri”, – deydi siёsiy sharhlovchi.
Shuningdek, Abduvali Soibnazarov Ukrainadagi vaziyat tufayli Markaziy Osiё davlatlarida ham bir muncha xavotir oshganligi haqida ham to‘xtaldi.
“Ukrainadagi vaziyat tufayli Markaziy Osiё davlatlarida birmuncha xavotir oshgan. Yaъni davlatlarning mustaqilligiga xavf bor. Ayniqsa, Qozog‘iston, chunki Rossiya televidenielarida zhuda ko‘p siёsatchilar chiqish qilib, davlatning shimoli bizning hududimiz degan daъvolarni ilgari suryaptilar”,-dedi u.
Uning aytishicha, Markaziy Osiё davlatlarining Harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazishdan maqsad Kaspiy dengizi bo‘yi va O‘rta dengiz yo‘lagining xavfsizligini taъminlashga qaratilganligidadir.
“Markaziy Osiё davlatlarining Harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazishdan maqsad O‘rta dengiz transport yo‘lini rivozhlantirishdir. Chunki bu hudud Xitoydan tortib Markaziy Osiё, Kavkazdan, Evropa Ittifoqigacha bo‘lgan hududni qamrab oladi. Shuning uchun Markaziy Osiё davlatlarining eъtibori ko‘proq Kaspiy dengiz va O‘rta er dengizi bo‘yi yo‘lakning xavfsizligini taъminlashga qaratilgan ”,-dedi siёsiy sharhlovchi.
Turon armiyasi degan yirik harbiy tashkilotning yuzaga kelish ehtiёzhi, Qozog‘istonning shimoldagi qo‘shnisidan hayiqishidan darakmi?
Bu savolga zhavob bergan Abduvali Soibnazarovning fikricha, Qozog‘istonda xavotir ham, bunday armiyaga ehtiёzh ham bor. Chunki Markaziy Osiё davlatlari siёsiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda birlasha olsalar -bu katta yutuq. Ammo Evroosiё ittifoqi bilan bir vaqtlar Markaziy Osiё iqtisodiy ittifoqi ёki Markaziy Osiё hamzhamiyati degan ittifoqlar bor edi. Hozirda ulardan faqat bittasi qoldi. Rossiya bor ekan, Turon nomli davlatga birlashishning imkoni yo‘q. Rossiya Markaziy Osiё davlatlarini o‘zining strategik haёtiy manfaatlar hududi deb biladi. Aytish kerakki, Tozhikistonda Rossiyaning harbiy bazalari bor. Qirg‘izistonda 20 dan ortiq turli kichik-kichik bazalar bor. Qozog‘istonda ham Rossiyaning ishtiroki mavzhud. Faqat Rossiyaning Markaziy Osiёdagi taъsiri susayadigan bo‘lsa, ana o‘shanda imkoniyat bo‘lishi mumkin.
Suhbat davomida Ozarbayzhon harbiy sohada faollashaёtgani sabablari xususida ham izoh berildi.
“Ozarbayzhonning so‘nggi vaqtlarda faolligiga sabab, uning NATO davlatlari bilan munosabatlarini chigallashishida. Davlatning Fransiya bilan ko‘p zhanzhallashgan holatlar bo‘lyapti. shuningdek, Armaniston masalasi bo‘yicha nizolar yuz beryapti, Fransiyaning Armanistonga qurol-yarog‘ etkazib berish holatlari zhuda kuchayib boryapti. Ozarbayzhon NATOning aъzosi bo‘lsa ham Turkiya va Markaziy Osiё davlatlari bilan savdo-sotiq aloqalarini ёki harbiy sohadagi barcha aloqalarni rivozhlantirishga intilyapti. Uning g‘arb bilan munosabatlariga birmuncha putur etgan», deydi Soibnazarov.
Markaziy Osiё davlatlari Turon armiyasiga birlashsa, buni NATOga qiёslash qanchalik to‘g‘ri? O‘zbekistonning Markaziy Osiёdagi harbiy salohiyatiga qanday? Suhbat davomida bu savollarga ham zhavob olasiz.
Batafsil videoda ko‘ring: