Uzdiplomat.uz “Uni taniysizmi?” loyihasi orqali davlat amaldorlarining xalqqa qay darazhada tanish ekani haqida so‘rovnoma o‘tkazmoqda. Loyihaning bu galgi qahramoni Po‘lat Bobozhonov.
Xorazmda hokim, Buxoro va Zhizzaxda prokuror vazifasida ishlagan, bugungi kunda O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelaёtgan Po‘lat Bobozhonovni odamlar taniydimi?
So‘rovnoma natizhalariga ko‘ra, odamlar Po‘lat Bobozhonovni shoir, ёzuvchi, deputat hamda hokim deb aytishdi.
“Po‘lat Bobozhonov menimcha ёzuvchi bo‘lsa kerak, ammo asarlari haqida xabarim yo‘q”,
deydi aёl.
Boshqa bir so‘rovnoma qatnashchisi esa, Po‘lat Bobozhonov “Milliy tiklanish” partiyasi raisi bo‘lsa kerak, deb taxmin qildi.
“Bu kishi “Milliy tiklanish” partiyasi raisi bo‘lsa kerak”,
deydi respondent.
Yana boshqa bir ishtirokchi , Po‘lat Bobozhonovni tanimasligini, faqat Rasul Kusherboevni bilishini aytdi.
“Po‘lat Bobozhonovni tanimaymiz, biz xalqning tarafini ko‘proq oladigan Rasul Kusherboevni taniymiz»,
dedi respondent.
Shuningdek, so‘rovnoma qatnashchilari orasida Po‘lat Bobozhonovni umuman tanimaganlar ham bo‘ldi.
“Po‘lat Bobozhonov haqida eshitmaganman ham, tanimayman ham”,
deb zhavob berdi aёl.
Maъlumot uchun,Po‘lat Bobozhonov – 1983 yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, 10 yilcha Xorazm viloyati prokuratura organlarida, keyin esa hokimiyat tizimida ishlagan.
- 2000−2005 yillarda O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari bo‘lgan.
- 2005−2006 yillarda Bosh prokuraturaning Soliq va valyuta zhinoyatlariga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.
- 2006−2011 yillarda Zhizzax viloyati prokurori, keyin esa qisqa muddat Buxoro viloyati prokurori, Xorazm viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari kabi vazifalarda ishlagan.
- 2012 yildan to 2017 yilgacha besh yil davomida Xorazm viloyati hokimi lavozimida faoliyat olib bordi.
- Po‘lat Bobozhonov Ichki ishlar vaziri lavozimiga 2017 yilda tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baxtiёr Saidov, Alisher Qodirov, Ochilboy Ramatov bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazgandik.
Xo‘sh, siz-chi, Po‘lat Bobozhonovni taniysizmi?