“Ёshlar Forumi 2023” doirasida zhamiyatning navqiron qatlami bilan uchrashgan amaldorlar ёshlarning imtiёzlar haqidagi turli takliflarini tingladi va savollariga zhavob qaytardi. Uzdiplomat.uz nashri imtiёzlar bilan bog‘liq eъtirozli savollar zhavobini ёzib oldi.
Qishloq xo‘zhaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov:
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/05/photo-2023-12-26-15-54-10.jpg)
— Men oldin Oliy taъlim vaziri bo‘lganim uchun ko‘proq bilaman, imtiёzlar rivozhlanishga zhuda katta to‘siq. Biz ёshlarning buni to‘g‘ri tushunishini xohlaymiz. Men sizlarning raqobatbardosh, xohlagan payti nonini topib eydigan, tishlagan zhoyini uzib oladigan, stipendiyatlardan g‘ururlangan bo‘lardim. Oliy taъlim tizimida zhami 53 ta imtiёz bor. Har yili aynan 53 ta kategoriyaga ko‘ra OTMlarga kirishda imtiёzlar beriladi. Izhtimoiy tarmoqlarda imtiёzlar haqida bildirilgan eъtirozlar ham bo‘ldi.
Bunda raqobat muhiti yo‘qolib qolgan zhoylar ham bor. Lekin boshida bu imtiёzlar taъsis etilganda maqsad yaxshilik edi. Ёshlarga imkoniyat beraylik, degan maqsadda zhoriy etilgandi ular. Bu imtiёzlarning ortidan ham ilmli ёshlar paydo bo‘ldi. Boshida, yaъni 7-8 yil oldin bu imtiёzlar kerak edi bizga. Ammo hozir bu imtiёzlarning hammasiniga o‘zaro raqobat qila oladigan, bir-biriga o‘rnak bo‘ladigan ёshlarni tarbiyalash kerak. Shu imtiёzni qilmaylik, hamma halol raqobat qilsin.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov:
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/05/photo-2023-12-26-15-43-50.jpg)
— Xorizhlik talabalarning kontraktini to‘lashga kelsak, bir talabaning OTMda tahsil olishi davlatga 32 millionga tushadi. Endi begonalarga, birovning bolasiga ham pul to‘lamaylik. Boshqa davlatdan kelsa, marhamat qilib o‘sha el qatori to‘lasinda o‘qiyversin. Chunki shundoq ham Kanservatoriyada o‘qitish davlatga 45 millionga tushadi. Insof bilan qarasak, shundoq ham har bir talaba o‘qishining 70% to‘lovini davlat o‘z zimmasiga olgan. Endi begonaning ham o‘qish pulini to‘lab berish haqida gapirishga yuzim chidamaydi. Bizda o‘qish puli usiz ham arzon. Masalan, siz biror boshqa davlatga borib o‘qishingiz uchun 6 ming dollardan kam bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivozhlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Hasanov:
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/05/photo-2023-12-22-17-51-19.jpg)
— Biz bir tizimdan ikkinchi tizimga o‘tyapmiz. Haqiqiy iqtisodiёt, haqiqiy investisiya olib kirilaёtgan paytda baъzi bir qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash uchun imtiёzlar kerak edi. Lekin shu sohani kuzatib yurgan, uning ichida yurgan siёsatchi sifatida shuni ayta olamanki, 5-6 yildan keyin ko‘p imtiёzlardan voz kechiladi. Bu mening shaxsiy fikrim.