Sirdarё viloyatining Xovos tumani hokimi o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, qishloq xo‘zhaligi mahsulotlari etishtirish va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi MChZhga tegishli erlarni hokimlik zaxirasiga olmaslik, aksincha, sug‘orish ishlariga sharoit yaratib berish va faoliyatiga hech kim aralashmasligi evaziga 20 ming AQSh dollari talab qilib, 1 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura xodimlari tomonidan ushlandi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AZh Toshkent viloyat filialining bo‘lim boshlig‘i va muhandisi o‘zaro til biriktirib, Qibray tumanidagi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonani 3 fazali elektr tarmog‘iga ulash va transformator o‘rnatib berish, shuningdek, boshqa texnik huzhzhatlarini tayёrlashda ko‘maklashish evaziga 39 ming AQSh dollari miqdorida pora talab qilishadi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AZh Toshkent viloyat filiali muhandisi so‘ralgan pul mablag‘idan 30 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Qashqadarё viloyati Qarshi tumani IIB zhinoyat qidiruv bo‘linmasi katta tezkor xodimi xizmat mavqeidan foydalanib, o‘zining ish yurituvida bo‘lgan tergovga qadar tekshiruv materiali yuzasidan yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan Zhinoyat prosessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan zhinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish evaziga, tamagirlik yo‘li bilan undan 1500 AQSh dollari miqdorida pora talab qiladi va avvalroq ushbu pul mablag‘i hisobidan 400 AQSh dollari oladi.
Lekin, u talab qilingan puldan yana 400 AQSh dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sergeli tumani IIO FMB 2-sonli ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori 5 ming AQSh dollarini pora sifatida olgan vaqtida ushlandi.
Aniqlanishicha, u ushbu pul mablag‘i evaziga, o‘zaro zhanzhal oqibatida xorizhiy fuqaroga tan zharohati etkazgani bo‘yicha mahalliy fuqaroga nisbatan zhinoyat ishi qo‘zg‘atmasdan, holatni maъmuriy huquqbuzarlik sifatida malakalashni vaъda qilgan.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan zhinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, mazkur shaxslarga nisbatan qamoq ehtiёt chorasi qo‘llanilgan.