O‘zbekiston zhoriy yilda matbuot erkinligi bo‘yicha tuzilgan reytingda 180 ta davlat ichidan 148-o‘rinni egalladi. Xalqaro maydonda O‘zbekistondagi so‘z erkinligi past baholanaёtgan bir paytda mamlakatda zhurnalistika rivozhlanyaptimi, ёki orqaga ketyaptimi?
Uzdiplomat.uz muxbiri shu savol bilan Ommaviy axborot vakillariga yuzlandi.
So‘rovnoma zhavoblari turlicha bo‘ldi:
“O‘zbekistonda zhurnalistika rivozhlanyapti deyishga hali vaqt bor. Chunki OAV vakillariga qo‘yilaёtgan to‘siqlar to‘liq tugatilmadi”;
“Hamma zhurnalist izhod qilyapti, faqat maъlumot berganda kechga qolmaslik kerak”;
“Zhurnalistika rivozhlanyapti, chunki hamkasblarimiz o‘zining pozisiyalariga ega bo‘lib bormoqda. Buning sababi milliy kontent yaratilyapti”;
“Yaqindagina “Chegara bilmas muxbirlar” nomli tashkilotning reytingi eъlon qilindi. O‘zbekiston bu reytingda 11 pog‘ona pastladi. Shundan kelib chiqib gapiradigan bo‘lsak, rivozhlanish orqaga ketyapti”;
“Qaysidir maъnoda rivozhlanyapti, yana qaysidir maъnoda rivozhlanmayapti. O‘zaro hamzhihatlik va professionallik o‘sishi hamda erkinliklar ko‘paytirilishi kerak”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzdiplomat.uz O‘zbekistonning “Chegara bilmas muxbirlar” reytingidagi o‘rni bo‘yicha masъullarni so‘roqqa tutgan edi.