O‘zbekitonning Evropa Ittifoqiga o‘z mahsulotlarini eksport qilishi osonlashmoqda. Bu bo‘yicha O‘zbekiston delegasiyasi Litvaning “Bega” kompaniyasi rahbari bilan muzokaralar olib borgan.
Uchrashuvda O‘zbekistondan Litva va Latviyaga eksport qilinadigan mahsulotlarni saqlash uchun hab azhratish bo‘yicha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Litvaning “Bega” logistika kompaniyasi bilan kelishib olgan.
![](https://uzdiplomat.uz/wp-content/uploads/2024/05/photo-2024-05-09-13-56-27.jpg)
Shuningdek, mazkur ombor orqali mamlakat o‘z mahsulotlarini Evropa bozoriga eksport qilishin engillashtirish nazarda tutilgan.
“O‘zbekistonning Evropa mamlakatlariga amalga oshirilaёtgan eksport hazhmi tobora oshib boraёtganini inobatga olib, Litva kompaniyalari o‘zbek tadbirkorlari bilan aloqalarni rivozhlantirishga katta qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Latviya va Litva davlatlari orqali Evropa Ittifoqi mamlakatlariga o‘taёtgan o‘zbek mahsulotlarining eksport hazhmi ham oshib boryapti”,
degan «BEGA» kompaniyasi rahbari Laymonas Rimkus.
Muzokaralar davomida kompaniya omborlari va tashkil etilaёtgan O‘zbekiston savdo uyining binosini izharaga olishning tartiblari, qonuniy zhihatlari ham muhokama qilinib, 24-27 may kunlari Klaypeda shahrida O‘zbekiston savdo uyini rasmiy ochilish marosimini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Maъlumot uchun, «BEGA» kompaniyasi 1992 yili tashkil etilgan. Kompaniya yuk tashish, yuklash va tushirish, vaqtincha saqlash xizmatlarini ko‘rsatadigan Boltiqbo‘yidagi yirik zamonaviy port korxonalardan biri hisoblanadi.