O‘zbekiston aholisining qashshoqlik darazhasi 2015 yilda 36 foizni tashkil qilib, 2022 yilda 17 foizga qisqargan. Bu haqda Zhahon Banki xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonning qashshoqlik darazhasi Evropa va Markaziy Osiёning qolgan qismiga qaraganda tezroq, yaъni 13 foizdan 8 foizga tushgan.
“Milliy farovonlik standarti yangi, ammo 2021 yilda yaratilganidan beri qashshoqlik 2023 yilda 17 foizdan 11 foizga kamaydi – qishloq zhoylarda (8 foiz) shaharlardagiga (4 foiz) nisbatan kattaroq pasayish kuzatildi. Bu 1,6 millionga yaqin kishining qashshoqlikdan chiqib ketganini anglatadi. Bu surъat bilan hukumat 2021-2026 yillar oralig‘ida qashshoqlikni ikki baravar kamaytirish maqsadiga erishmoqchi”,
deyilgan Zhahon Banki xabarida.
Shuningdek, xabarda qashshoqlikni kamaytirishning eng asosiy omillari sifatida quyidagilar keltirilgan:
- Uy xo‘zhalik daromadlarining o‘sishi;
- Ish haqining oshishi;
- Izhtimoiy nafaqalar.
Bunda ish haqining oshishi kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha erishilgan yutuqlarning asosiysini, yaъni 60 foizini tashkil etgan.
“Hukumat asosiy dasturlarni modernizasiya qildi va kengaytirdi. Nafaqalarni yaxshilash, uy xo‘zhaliklari oladigan turli izhtimoiy imtiёzlar ham kambag‘allikning qisqarishiga katta izhobiy taъsir ko‘rsatdi”,
deyilgan xabarda.
Maъlumot uchun, O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi 648 ming so‘m etib belgilangan. Uzdiplomat.uz sayti avvalroq mazkur miqdor bilan bir odam bir oy yashashi mumkin, ё yo‘qligi haqida so‘rovnoma o‘tkazgan edi.