Agentlik O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kiritilmaёtgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Tashqi mehnat migrasiya agentligining Rossiya Federasiyasidagi Vakolatxonasi tomonidan mazkur holatni o‘rganish maqsadida Moskva shahridagi barcha aeroportlarining masъul xodimlari bilan bog‘lanilib holatga aniqlik kiritilganda, Moskva shahridagi Domodedovo, Vnukovo, Sheremetьevo aeroportlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya hududiga qo‘yilmaёtganligi ёki uzoq vaqt davomida ushlab turish holatlari kuzatilmaёtganligi aniqlandi”,
deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, xabarda Rossiya hududiga avtomashinalar orqali kirib kelinadigan postlar o‘rganilgani va u erda ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari biror-bir to‘siqsiz Federasiya hududiga kiritilaёtgani aytib o‘tilgan.